14:23 / 21.12.2016
18 513

Sen bir daraxt, men bir daraxt… Birini tanlang va o‘zingiz xaqingizda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling

Sen bir daraxt, men bir daraxt… Birini tanlang va o‘zingiz xaqingizda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling

Rasmdagi o‘zingizga yoqqan daraxtlardan biri tanlang va o‘zingiz haqingizda ko‘proq bilib oling.

1. Bu daraxtni ayni dam turmushini yaxshilashga harakat qilayotgan insonlar tanlashadi. Ularning hayotdagi shiori «baxt qayerdadir bor, ammo u erda men yo‘qman, demak men o‘sha erni topishim kerak». Bunday insonlarning asosiy sifatlari ular mard, qiziquvchan, va yangilikka intiluvchanligidadir. Ular o‘zgarishlarni intizorlik bilan kutishadi. Yangi bilim va taassurotlarni butun vujudi bilan qabul qilishadi. Odatda bu toifa insonlar hayotlarida biror o‘zgarish sodir bo‘lishi bilan boshqa daraxtni tanlashadi.

2. Sabrli, bir so‘zli va ajablanarli darajada serhafsala insonlar bu daraxtni tanlaydilar. Ular maqsad qo‘yishdimi, albatta unga qadamma-qadam, sekin-astalik bilan erishadilar, ularning yo‘liga xech kim g‘ov bo‘la olmaydi. O‘z sohalarida ular xaqiqiy proffessionaldir. Gapirayotganlarida ham, kulganlarida ham, xafa bo‘lganlarida ham yuz ifodalari o‘zgarmaydi. Ularning fikricha, rejaga asoslanib ish ko‘rilsagina, omadga erishish mumkin. O‘zgarishlarni unchalik ham xush ko‘rishmaydi.

3. Bu ijodkor va original insonlar tanlagan daraxt. Ularda yangi g‘oyalar g‘ij-g‘ij, ular doim nimanidir o‘gartirishni , kashf qilishni istaydilar. Juda yoqimli insonlar. Kiyim tanlash bo‘yicha ham o‘ziga xos uslubi bor. Ularni quyushqondan chiqarish juda oson, kayfiyatlari birjadagi narx-navodan ham tez o‘zgaradi. Bu yorqin insonlar istasangiz ham, istamasangiz ham o‘z g‘oyalari bilan bo‘lishaverishadi.

4. Qishin-yozin bir xil kiyimda. Havo qanday bo‘lishiga qaramay kunni doimo xush kayfiyatda kutib olishadi. Ular charchoq nimaligini bilmas, xaqiqatgo‘ydirlar. O‘zlari nima xoxlayotganini va bunga qanday erishishni juda yaxshi bilishadi. Ularning nazdida olamda ikki hil munosabat hukm suradi: noto‘g‘ri va shaxsiy fikrlar. Bunday insonlar juda kuchli shaxs va xavfli raqibdirlar. Ularda yoshliklaridanoq raqobatchilik shakllangan.

5. Ulardek rahmdil va saxiy insonlar bu dunyoda kam. Osonlik bilan o‘zlarini qiynalayotgan kishi o‘rniga qo‘yib, ular bilan birga siqiladilar, yig‘laydilar, kuyib-pishadilar. Bunday insonlar faqat atrofdagi odamlar baxtli bo‘lsagina o‘zlarini xotirjam sezishadi. Ular uchun xaqiqat emas, tinchlik muhim. 99% holatlarda birinchi qadamni o‘zlari qo‘yib, yarashib olishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sen bir daraxt, men bir daraxt… Birini tanlang va o‘zingiz xaqingizda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling