00:25 / 23.12.2016
30 362

Sochlarni yengil jingalak qilishning 3 usuli

Sochlarni yengil jingalak qilishning 3 usuli

Bugungi kunda ayollar orasida nozik va yengil jingalak sochlar juda ommabop bo‘lib ketdi. Shuning uchun ular sochni jingalak qilishning yangi va eng tezkor usullarini izlashadi. Maqolamizni o‘qisangiz, shu usullar to‘g‘risida bilib olasiz.

Birinchi usul

Jingalak sochlaringizni yuvib, sal quriting va ukladka uchun ishlatiladigan gel yoki sprey surib yaxshilab quriting. Sochingiz ustidan lak sepib qotiring va lak qotgandan so‘ng, boshingizni pastga egib barmoqlaringiz bilan tarang.

Ikkinchi usul

Jingalak sochlardan ko‘ra, to‘g‘ri sochlarni sal o‘rab yengil jingalak qilish oson. Buning uchun yuvilgan sochlarni sal quritib muss suramiz va yaxshilab quritamiz. Ployka yordamida yengil o‘rab chiqamiz va lak bilan mahkamlaymiz. Oxirida barmoqlaringiz bilan tarash esingizdan chiqmasin.

Uchinchi usul

Ho‘l sochlarga biroz penka suramiz va quritmasdan o‘rab, yig‘ib qo‘yamiz. Yig‘ilgan holida fen yordamida quritamiz. Yuqorida aytilganidek, barmoqlar yordamida taraymiz.

Bunday usullarni bir haftada bir yoki ikki martadan ko‘p qo‘llash oqibatida sochlaringiz quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi. Ukladkadan keyin esa, sochlaringizni oziqlantiruvchi va namlovchi niqoblar yordamida sog‘lom va chiroyli holga keltirishni unutmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlarni yengil jingalak qilishning 3 usuli