Kechga borib oyoqlarda og‘irlik, toliqish, uvishish kabi belgilar bezovta qilsa, bilingki, oyoqlaringiz yordamga muhtoj. Oyoqlar toliqqanda foydalaniladigan massaj, vanna va bir necha mashqlarni sinab ko‘rishni istasangiz, quyidagi usullarga diqqat qiling.
Gimnastika mashqlari
Oyoqyalang holda xonaning bir burchagidan ikkinchisiga asta yurib boring. Harakat davomida tovondan oyoq uchigacha sekin ko‘tariling. So‘ngra o‘tirgan holatda oyoqlaringizni to‘g‘riga cho‘zing. Dastlab oyoq uchini qarama-qarshi tomonga, so‘ngra o‘zingizga qaratib cho‘zing. Shuningdek, o‘tirgan holatda oyoqlarni aylanma harakat bilan qimirlating.
Issiq vanna
Oyoqdagi toliqishni yo‘qotish uchun moychechak (romashka) gulidan tayyorlangan damlama foydalidir. Buning uchun 1 osh qoshiq moychechak gulini 1 litr suvga damlab, 10 daqiqa qaynating. So‘ngra bir oz ilitib oyoqlaringizni 10-15 daqiqa damlamaga soling. Damlamaga ozroq dengiz tuzidan solsangiz yanada samarali bo‘ladi. Bu kabi issiq vannalarni bir xaftada 2-3 marta takrorlash mumkin.
Uqalash
Oyoq kaftini tovon qismidan boshlab aylanma harakatlar yordamida uqalang. So‘ngra barmoqlarni ichki va tashqi tarafidan boshlab uqalab boring. Oyoqni old qismini ham yengil harakat yordamida uqalagach, 10 daqiqaga oyoqlaringizni yuqoriga tekis ko‘taring. Bu mashqlar yordamida qon aylanishi yaxshilanib, og‘irlik kamayadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»