Amerikalik tadqiqotchilar inson immuniteti eng muhim hujayralarining faolligi quyosh nuri orqali boshqarilishini aniqlashdi. Bu zamonaviy hayot tarzi inson immunitetining to‘laqonli faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilishini bildirishi mumkin. Scientific Reports jurnalida shu mavzuda maqola chop etildi.
Tadqiqotlar davomida mutaxassislar quyosh nuri insonning T-limfositlari harakatchanligini keskin ko‘tarishini, T-limfositlar esa - inson immunitetining eng muhim qismi ekanini isbotlab berishdi. Ular begona antigenlarni tashuvchi hujayralarni (deyarli barcha "yov" hujayralarni) izlash, aniqlash va yo‘q qilishni ta’minlashadi. Saraton hujayralari bilan ham aynan ular kurash olib borishadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, quyosh nuridagi ko‘rinuvchi ko‘k yorug‘lik bilan nurlanish vaqtida T-limfositlarda vodorod peroksidi hosil bo‘ladi. U biokimyoviy jarayonlarni, shu jumladan T-limfositlar harakatini faollashtiradi va bu kasalliklarni keltirib chiqaradigan "yov" hujayralarini topib, ularni yo‘q qilishga yordam beradi.
Inson taraqqiyot asriga qadar quyoshdan etarlicha ko‘k rangdagi yorug‘likni olgan. Bugun esa u deyarli yopiq inshootlarning ichida yashaydi, tabiiyki, bu quyosh nuri etishmovchiligiga olib keladi. Bu teridagi T-limfositlar harakatlari va kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bilan kurashish sekin kechishidan dalolat beradi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, agar ko‘k rangdagi yorug‘lik bilan nurlanish organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa, uni immunitetida muammosi bo‘lgan kishilarga nisbatan qo‘llash mumkin. Olimlar shuningdek ko‘zning xiralashishi aynan quyoshda kam yurishning oqibati ekanligini taxmin qilishmoqda. Bir necha oy ilgari ko‘k rangdagi nurning jarrohlik amaliyoti vaqtida inson ichki organlariga ziyon etishidan himoyalashi ham aniqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi