23:44 / 27.12.2016
7 378

Oyoq kiyim sirpanmasligi uchun nima qilish kerak?

Oyoq kiyim sirpanmasligi uchun nima qilish kerak?

Qish faslida ko‘pchilik sirpanchiqlik muammosi bilan to‘qnashadi. Qishki oyoq kiyimlarining sirpanmasligiga yordam beruvchi bir necha usullar bor.

Elim

Suv o‘tkazmaydigan jilvirli qog‘ozdan kerakli o‘lchamda qirqib oling. Tagcharm va poshna yuzasiga «Moment» elimidan suring va ustidan jilvirli qog‘ozni yopishtiring. Bu usulni har hafta takrorlab turing, chunki elim bora-bora uqalanib ketadi.

Leykoplastir

Matoli plastir o‘ramidan kerakli o‘lchamlarda kesib olib toza va quruq tagcharm ustiga bir-biri bilan kesishtirgan holda yopishtirasiz. Bu usul 2—3 kunga bardosh bera oladi.

Kartoshka

Etiklar sirpanmasligi uchun har kuni ko‘chaga chiqishdan oldin ularning tagcharmiga kraxmal eritmasini yoki xom kartoshkani ishqalab surkang.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oyoq kiyim sirpanmasligi uchun nima qilish kerak?