Mevalarni kattalar ham kichiklar ham sevib iste’mol qilishadi. Yilning qaysi vaqti bo‘lmasin, uydagi bor mevalardan salat ham tayyorlashingiz mumkin. Bugun biz mevali salat tayyorlashning asosiy reseptini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
Masalliqlar:
- Mevali yogurt — 100-200 gr;
- Qizil olma — 1 dona;
- Banan — 1 dona;
- Kivi — 2 dona;
- Mandarin — 1 dona;
Tayyorlanishi:
Mevalarni yaxshilab yuving.
Banan, mandarin va kivini arching, mayda qilib kubik shaklida to‘g‘rang.
To‘g‘ralgan mevalarni yogurt bilan aralashtiring.
Kichkina likopchalarga qo‘yib ustini mandarin bo‘lakchasi bilan bezating.
Tayyor bo‘lgan mevali desertni biryo‘la dasturxonga tortishingiz mumkin.
Salat uchun mevalarning har qanday turidan foydalanishingiz mumkin. Yogurt o‘rniga esa muzqaymoq ishlatsangiz ham bo‘ladi. Shirinlikni sevadiganlar uchun salat ustiga shokolad kukuni sepilsa, yanada mazali bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi