00:25 / 09.01.2017
7 919

Insonlarni hayotiy samarador bo‘lishlariga yordam beruvchi biz bilmagan odatlar

Yaxshi qomatda bo‘lish, dunyoga yaxshi nigoh bilan boqish, baxtli yashash va taqdir ishlariga tayyor turish - albatta, har kim hayotda quvonib yashashni istaydi. Quyidagi bir necha odatlar hayotda qiynalmay, baxtli yashashingizga yordam beradi.

Kelasi kunga jadvalni bugundan tuzing
Insonlarni hayotiy samarador bo‘lishlariga yordam beruvchi biz bilmagan odatlar

Kech tushishi bilan barcha ishlaringizni tamomlagach, ertasi kuni nima bilan shug‘ullanish kerakligi bo‘yicha jadval tuzib chiqing. Jadvalda shunchaki ishlar ro‘yxati emas, kelasi kunning grafigini ham qo‘shish kerak: vaqtni, vazifani aniq ko‘rsatgan holda.

Bunday yondashuvning ikki afzalligi mavjud. Birinchidan, siz istalgan vaqtda nima qilish kerakligini bilasiz va samaradorlik ortadi.

Ikkinchidan, ertangi kun rejalashtirilgan bo‘lsa, tunda bemalol dam olish mumkin. Grafik yozilgan — demak, maza qilib orom olib, tongni hotirjamlikda qarshi olsa bo‘ladi.

Tongni badantarbiya bilan boshlang

Har tong uyqudan turishingiz bilan besh daqiqali mashqlar bajaring — internetda bu dasturga xos juda ko‘p misollarni uchratish mumkin. Badantarbiya uyg‘onishga yordam beradi: bir vaqtning o‘zida bu to‘shakdan turib, asab tizimini sozlash uchun ham sabab bo‘la oladi.

Bundan tashqari, u ritmning maromida ketishiga yordam beradi — 16 soatdan so‘ng siz uyquga tayyor bo‘lasiz.

Albatta, mashqlar sizni kuchliroq va xushbichim qiladi. Kuniga besh daqiqa — bu ozgina fursat, biroq bu haftada mashg‘ulotlar uchun ortiqcha vaqt sarflashning o‘rnini bosa oladi.

Shunisi muhimki, kundalik badantarbiya sportga bo‘lgan qiziqishni orttiradi va salomatlik haqida o‘ylashga chorlaydi.

Tonggi badantarbiyadan so‘ng sportzaldagi mashg‘ulotlar oson bajariladi.

Bundan tashqari, qomat uchun ham foydali: agarda ozish kerak bo‘lsa, tonggi mashqlarning davomiyligini uzaytirish mumkin. Bu odat bosh va tanani tartibga keltirishga ko‘maklashadi.

Ovqatlanishdan oldin o‘ylang

Nimanidir ichish yoki tanovul qilishdan avval o‘ylab ko‘ring. Bu foydalimi? Siz chindan ham aynan shu narsani eyishni istaysizmi? Balki boshqasini eganingiz ma’qulroqdir?

Taomga diqqat bilan e’tibor berish uchun telefondan foydalaning. Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, taomlarning fotokundaligini tutish yozma qaydnomalarga nisbatan anchayin samaraliroq ekan.

Bu suratlarni Facebook yoki Instagram'ga joylashtirish mumkin — bu orqali siz yanda ko‘proq mas’uliyatni his etasiz.

Har qanday holatda ham maqsad yagona: har kuni biz turli qarorlar qabul qilamiz, agar bir soniya bu haqida o‘ylab ko‘rsak, qarorlar sifati yanada ortishi mumkin.

Agar kimnidir yoqtirmasangiz, o‘ylab ko‘ring — siz o‘zingizni undan-da yomonroq deb hisoblaysizmi? Nafrat ko‘p hollarda etishmovchilik hissini oshiradi. Ayniqsa, sizga yoqmaydigan inson ko‘p narsaga ulgurgan: uning puli, mashinasi bor yoki baxtli oilasi, ishda ham omadi chopayotgan bo‘lsa.

Siz ko‘p pul topishni istaysiz-u, biroq badavlat kishilarni ko‘ra olmaysizmi? Juda ham chiroyli hayotni xohlaysiz-u, biroq latofatli , oshig‘i ko‘p insonlarni yoqtirmaysizmi? U holda siz yomon ko‘rgan insonlaringizdek bo‘la olmaysiz.

Agarda "qora tomon"ga yurayotgan bo‘lsangiz, qanday qilib muvaffaqiyatga intilish mumkin?

O‘zingizni qo‘lga olib, nafrat va xafagarchilik sababini izlang. Agarda topsangiz, nafratni unutib, o‘z ishingiz bilan shug‘ullanishga harakat qiling.

Agarda kimgadir hasad qilsangiz, bariga hasad qiling

Begonalarning muvaffaqiyatiga hasad qilasizmi? Ularning boyligigachi? U holda ularning og‘ir mehnati va shu pullarni topish uchun sarflagan harakatiga ham hasad qilishni yoddan chiqarmang. Chiroyli qomatga hasadingiz keladimi? Kuniga besh soatlab sportzalda vaqt sarflagan insonga ham hasad qilishni unutmang.

Bu holatda esa siz muvaffaqiyat qanday qiyinchilik va mehnat bilan erishilishini tushungan holda hasad qilishdan to‘xtaysiz. Yoki siz hasad emas, havas qilish uchun namuna topganingizni tushunib etasiz.

Agarda darg‘azab bo‘lsangiz, javob berishdan avval tanaffus qiling

Har safar kimdir sizni jahlingizni chiqarsa, birinchi ta’sirni ushlab qolishga harakat qiling. Agarda bu shaxsiy muloqotda kuzatilsa, shunchaki darhol javob qaytarmang, bir necha soniya kutib turing.

Yanada muhimi (va eng osoni) bu qoidani internetda kuzatib boring. Sizga tarmoqda yoqimsiz xabar jo‘natishdimi yoki telba deb atashdimi? Darhol javob qaytarmang, bir necha soat kuting.

Agarda sizni xafa qilishi mumkin bo‘lgan xabar yuborishgan bo‘lsa, uni taqvimingizda ish kunining oxiri yoki ertangi kunga eslatma shaklida qo‘yib qo‘ying.

Birinchidan, endi siz suhbatdoshingizga vaqti kelganida qanday javob qaytarishni bilasiz. U vaqtgacha, sizning arazingiz yo‘qolib ketishi ham mumkin.

Siz hotirjam holda javob qaytirishingiz mumkin, biroq 90 foiz holatda sizga u xabarning ahamiyati qolmaydi. Bu esa vaqt o‘tgani sayin g‘azab abadiy emasligini tushunishingizga yordam beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insonlarni hayotiy samarador bo‘lishlariga yordam beruvchi biz bilmagan odatlar