07:30 / 02.02.2017
39 170

Sochlaringiz uchun aynan mos rangni tanlang

Sochlaringiz uchun aynan mos rangni tanlang

Agar sochlaringiz rangini o‘zgartirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, shuni yodda tutingki, kimdadir juda chiroyli ko‘ringan rang sizga yarashmasligi mumkin. Maqolada keltirilgan tavsiyalar sizga ideal darajada mos keluvchi soch rangini tanlashda ko‘mak beradi, deb yozadi Daryo.

Tabiiylik — hammasidan a’lo

Sizga tabiatan taqdim etilgan soch rangini eslash uchun ba’zan bolalikdagi suratlarni ko‘zdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Aksariyat hollarda sochlarning tabiiy rangi eng yaxshi tanlovdir. Biroq yoshingiz ulg‘aygani sari sochlaringiz rangi ham mayinlashib borishi lozimligini unutmang.

Ko‘z rangiga ahamiyat qarating

Bu masalada mavjud aksiomalarga tayanish lozim, ya’ni sovuq rangni sovuq bilan, issiq rangni esa issiq rang bilan uyg‘unlashtirish lozim. Moviy va kul rang ko‘z sohibalariga blond, yashil ko‘zlilarga esa mayin malla rang, jigar rang ko‘zlarga esa kashtan va shokolad ranglar mos keladi.

Teri va soch rangini uyg‘unlashtiring

Teri va sochlar rangi o‘zaro uyg‘unlik hosil qilishi lozim. Yuz rangi issiq bo‘lgan qizlarga (shaftoli rang, qorachadan kelgan) juda to‘q ranglar tavsiya etilmaydi. Ularning sochi teri rangidan ochroq bo‘lishi lozim, aks holda yuz rangi siniqqan ko‘rinadi.

Yuz rangi oqish bo‘lgan qizlar yorqin ranglarni: malla (agar u tabiiy bo‘lmasa), qizil, kashtan va qora ranglarni ehtiyotkorlik bilan tanlashi lozim.

Sochlarni bir rangda bo‘yashni tavsiya etmaymiz. Soch bo‘yashning zamonaviy — ombre, sombre, balayaj kabi turlarini o‘zingizda sinab ko‘ring. Ular sizning tabiiy go‘zalligingizga urg‘u beradi.

Qolaversa, sochlaringizni uy sharoitida bo‘yashni tavsiya etmaymiz. Yaxshi salonda bo‘yalgan sochlar albatta yaxshiroq natija beradi va uzoqroq saqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlaringiz uchun aynan mos rangni tanlang