16:57 / 18.02.2017
13 089

Yugurish haqiqatan ham foydalimi?

Yugurish haqiqatan ham foydalimi?

«Ertalab yugurishni boshlasang, sog‘lig‘ing yaxshilanadi!» – deb ta’kidlaydi sog‘lom yashash tarzi tarafdorlari. Lekin yugurish shunchalik foydalimi? Daryo nashri bu savolga shubha bilan yondashishga va bu haqdagi har xil uydirmalarni yo‘qotishga qaror qildi.

1-uydirma: yugurish yurakni mustahkamlaydi

Aslida esa: yurak muskullari – organizmdagi eng chiniqqan muskullardan biri. Uni yanada ko‘proq chiniqtirishning iloji yo‘q.

2- uydirma: yugurish yurak-tomir kasalliklarining oldini oladi

Aslida esa: yugurish tomirlarni toza saqlash uchun etarli bo‘lgan miqdorda gormonlar ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi va bundan tashqari sport zalida tosh ko‘tarish bilan ham shug‘ullanish zarur.

3-uydirma: yugurish kaloriyani sarflagani uchun semirishdan saqlaydi

Aslida esa: agar ovqatlanish me’yoriga va rejimiga rioya qilinmasa yugurishning hech qanday foydasi bo‘lmaydi.

4-uydirma: yugurish endokrin tizimi faoliyatini yaxshilaydi

Aslida esa: haqiqatan ham yugurish endokrin tizimini yaxshilaydi. Lekin sekin yugurish bilan bunday natijaga erishish qiyin.

Yugurishning zarari

Yugurish oqibatida oyoq sohasiga og‘irlik zarbasi kelib tushadi va boldir muskullari aziyat chekadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yugurish haqiqatan ham foydalimi?