Ko‘pchilik ayollar uchun kiyimlarni dazmol qilish eng qiyin ishlardan biri hisoblanadi. Daryo yozgan maqolada sizga erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqa ichida benuqson dazmollash haqida yozildi.
Suvni ayamang
Kiyim nam bo‘lsa dazmollash jarayonini ancha osonlashtiradi. Dazmollash paytida dazmolni bug‘ rejimiga qo‘yish esingizdan chiqmasin.
Qismlarga bo‘ling
Dazmollashni quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qilamiz
1. Elka qismi
O‘ng tomonini taxta burchagiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Chap tomoniga ham xuddi shu usulni takrorlang.
2. Yoqa
Yuza tomonini pastga qilib taxta ustiga qo‘ying va dazmollang.
3. Old qismining o‘ng tomoni
Taxta burchagini ko‘ylakning elka ichiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Dazmolni tugmalar ustidan emas, tugmalar orasiga qo‘ying.
4. Orqa tomoni
O‘ng tomonini taxtadan osiltiring va orqa tomonini dazmollang.
5. Old qismining chap tomoni
Old qismining chap tomoni ham xuddi o‘ng tomoni kabi dazmollanadi.
6. Eng
Taxta ustiga bir engini qo‘ying va qo‘lingiz bilan yaxshilab to‘g‘rilang, keyin dazmollang. Eng manjetlari ham xuddi yoqa kabi ichkaridan dazmollanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi