20:05 / 23.02.2017
11 489

Bizni qarituvchi 5 ta narsa

Bizni qarituvchi 5 ta narsa

Jismoniy qarish – qaytarib bo‘lmaydigan jarayon. Daryo nashri hayotimizdagi barvaqt qarishga olib keladigan omillardan qutulishning yo‘llari haqida maqola chop etdi.

Stress

Muntazam ravishda bezovtalik, xavotir yoki stress terida o‘z izini qoldiradi. Bundan tashqari, stress miyani ham qaritadi, qon bosimini oshiradi va uyquni buzadi.

Ish joyida hayajon va xavotirni kamaytirishga yordam beradigan bir nechta oddiy usullar bor. Masalan, iste’moldagi kofein miqdorini biroz kamaytiring, ovqat hazm qilish tizimiga og‘irlik qiluvchi taomlardan voz keching va kayfiyatni ko‘tarish uchun ish vaqti boshlanishidan oldin sportning biror turi bilan shug‘ullaning.

Uyquga to‘ymaslik

Me’yoridan kam uxlash vaznning ortishiga, immun tizimining buzilishiga, diqqatning pasayishiga va xotiraning pasayishiga olib keladi.

Shuning uchun bir sutkada 7—9 soat uxlashga harakat qiling.

Quyosh nurlari

Quyosh nurlari ostida ko‘p yurish teri hujayralari va qon tomirlarini kuchsizlantiradi, terini yupqalashtiradi.

Chekish

Chekish yurak xastaliklarini, yuqori qon bosimini va o‘pka saratonini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, muntazam ravishda chekish teri kasalliklarining paydo bo‘lishiga va kollagenning parchalanishi natijasida yuz, bo‘yin va elka terisining bevaqt qarishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bizni qarituvchi 5 ta narsa