10:27 / 18.03.2017
14 697

Ota-onalar e’tiboriga: o‘smir farzandingiz sizga qo‘pollik qilsa, nima qilish kerak?

Ota-onalar e’tiboriga: o‘smir farzandingiz sizga qo‘pollik qilsa, nima qilish kerak?

Bola qanchalik yuvosh bo‘lmasin, o‘smirlik davrida shunday paytlar bo‘ladiki, uning fe’l-atvori o‘zgaradi va sizga qo‘pollik qila boshlaydi. Buning sababi nimada va bolaga qanday yordam berish kerakligi haqida bizning maqolamiz orqali bilib olasiz.

O‘zini ko‘rsatib qo‘yish istagi

Birinchidan, o‘smirlikning rivojlanish davrida bolada serjahllik va ta’sirchanlikni oshiradigan gormonal chayqalishlar yuz beradi. Ikkinchidan, bu davrda katta bo‘lish, mustaqil bo‘lish, tengdoshlari orasida e’tirof etilish, ya’ni o‘zini ko‘rsatib qo‘yish istaklaridan iborat keskin o‘zgarish holatlari kuzatiladi.

Bunday vaqtda bolani foydali kitoblarga, kinofilmlarga, o‘zi hurmat qiladigan kishilar bilan muloqot qilishga jalb qilish lozim. Shunday qilib, u mustaqil ravishda o‘z qarashlarini shakllantira boshlaydi.

Ota-onalar e’tiborida bo‘lish istagi

Ota-onalar tomonidan e’tiborsiz bo‘lgan bolalar, diqqatini biroz bo‘lsa-da tortish uchun ularga qo‘pollik qiladi. Ko‘rib turibsizki, salbiy muomala yordamida bunga erishish oson.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, farzandingiz uning muvaffaqiyatlariga e’tiboringizni qaratish, unga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishingiz uchun eng so‘nggi choralar qo‘llashga majbur bo‘layapti.

Reaksiyani ko‘rish istagi

Bolalar hatto o‘smir yoshidan dunyoni o‘rgana boshlaydi, o‘z harakatlariga nisbatan reaksiya olishni xohlaydi. Aks holda ular qanday yashashni hech qachon tushunmaydi.

Agar farzandingiz ataylab janjal chiqarishga va sizning achchig‘ingizga tegishga harakat qilayotgan bo‘lsa, mayli u istaganidek bo‘lsin.

Ya’ni, bunday muomala uchun qanday javob bo‘lishini ko‘rsatish vaqti kelganini bildirish zarur: jiddiy tanbeh berish, qanaqadir jazo tayinlash.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ota-onalar e’tiboriga: o‘smir farzandingiz sizga qo‘pollik qilsa, nima qilish kerak?