19:50 / 18.03.2017
10 440

Ziravorlar organizm uchun zararlimi?

Ziravorlar organizm uchun zararlimi?

Ziravorlar taomlarning mazasini, ko‘rinishini yaxshilashda ishlatiladi. Lekin shuni esda tutish lozimki, taomning mazasi qo‘shilgan ziravorlar miqdoriga emas, balki ularni mohirlik bilan ishlatishga bog‘liq, aks holda ular teskari samara berishi ham mumkin.

Ziravorlarning yaxshi tomonlari:

Xushbo‘y ziravorlar – ajoyib konservantlar.

Badyan murabbo hidini xushbo‘ylashtiradi va uni durda bog‘lab qolishdan saqlaydi. Xantal mog‘orni yo‘qotadi, zamburug‘ paydo bo‘lishining oldini oladi.

Bundan tashqari ziravor o‘simliklar ovqatlarni B1, B2, C vitaminlari va karotin, mineral tuzlar va boshqa foydali moddalar bilan boyitadi.

Masalan, dafna yaprog‘i stomatitga juda yaxshi yordam beradi, organizmdan shlaklarni chiqaradi, immunitetni oshiradi, shamollashga qarshi kurashish xususiyatiga ega.

Ziravorlarning zararli tomonlari:

Ziravorlar hiqildoq, qizilo‘ngach, me’da shilliq qavatlariga zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun, agar bu a’zolar bilan bog‘liq kasalliklar bor bo‘lsa, ziravorlarni me’yoridan ortiq ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Surunkali gastrit kasalligida xantal va piyoz eyish mumkin emas. Erqalampir (xren), sarimsoq, yashil qalampir, turplarni cheklangan miqdorda ishlatish mumkin.

Me’da va o‘nikkibarmoqli ichak yarasi kasalligida xantal, qalampir, erqalampir va achchiq gazaklarni iste’mol qilish mumkin emas.

Ziravorlar hidi havoda bug‘lanib ketuvchi komponentlardan tashkil topgan. Shuning uchun ziravorlarni butun holda saqlash maqsadga muvofiqdir. Butun ziravorlarni saqlash muddati ikki yil, maydalanganini esa olti oy atrofida.

Ziravorlarni qorong‘i va quruq joyda yopiq idishda saqlagan ma’qul.

Manba: “Daryo”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ziravorlar organizm uchun zararlimi?