Kunlardan birida Hasan Basriy rahmatullohi alayhning oldilariga to‘rt kishi shikoyat qilib keldi. Ulardan biri qurg‘oqchilikdan, boshqasi qashshoqlikdan, uchinchisi befarzandlikdan, so‘nggisi esa hosilning yo‘qligidan qanday qutilish mumkinligi haqida maslahat so‘radi.
Shunda Hasan Basriy rahmatullohi alayh ularga yuzlanib:
-"Tavba qiling", – dedi.
Haligi odamlar hayron bo‘lib:
-"Ey solih, bizning muammolarimiz turlicha bo‘lsa, sen bizga bir xil maslahat berding”, – deyishdi.
So‘ngra Hasan Basriy rahmatullohi alayh Allohning kalomi Qur’oni karimning ushbu oyatini tilovat qildi: Bas, dedimki: «Robbingizdan mag‘firat so‘rangiz! Albatta, U (bandalariga nisbatan) o‘ta kechirimli Zotdir. (Shunda, ya’ni istig‘for aytsangiz) ustingizga osmondan (barakali) yomg‘ir yog‘dirur, sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog‘lar (barpo) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur (Nuh, 10-12).
Darhaqiqat, xolis tavba bandaga ko‘plab foyda keltiradi. Tavba qiluvchi uchun Alloh taolo bu dunyo va oxiratda ajrini tayyorlab qo‘ygan. Albatta, Alloh bandalariga nima yaxshi ekanini yaxshi biladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!