11:05 / 29.03.2017
7 983

Ko‘rinishingizga putur etkazadigan mayda-chuydalar

Ko‘rinishingizga putur etkazadigan mayda-chuydalar
Agar siz e’tibor qilgan bo‘lsangiz, qiyofangizni ko‘pincha arzimaydigan mayda narsalar: yaxshi tanlanmagan taqinchoqlar, aksessuarlarni ko‘paytirib yuborish, bir xillik buzib ko‘rsatadi.

Mukammal qiyofaga erishish uchun stilist bo‘lish shart emas. Modaga asosan kiyinishda yo‘l qo‘ygan xatolaringizni bilib oling va ularni boshqa takrorlamaslikka harakat qiling.

Siz oq kiyimni kam kiyasiz

Moda blogerlari oq rang toza, aktual va hamma fasllar uchun mos kelishini isbotlashdi.

Albatta oq kiyimlarni tanlashda ob-havo sharoitini va materialning muvofiqligini hisobga olish lozim. Yoz uchun paxtadan qilingan matolar mos keladi. Qish va kuzda esa — jun, kashemir, charm.

Uzun bo‘yli bo‘lganingiz uchun poshnali oyoq kiyim kiymaysiz

Yana bir eskilik qoldig‘i: uzun bo‘yli bo‘lganingiz uchun baland poshnadan voz kechish. Sharliz Teron, Karli Kross va Xaydi Klumlarga qarang: bo‘ylari 180 sm bo‘lsa ham, lekin ular baland poshnali «shpilka» dan hech qachon voz kechishmaydi.

Siz yotiq yo‘l-yo‘l chiziqlardan qochasiz

Yotiq yo‘l-yo‘l chiziqlar to‘la qilib ko‘rsatishini hamma biladi. Lekin, bunday chiziqlar bilan bezatilgan muayyan modellar qiyofaga bonus qo‘shishi mumkin.

Siz faqat bitta yorqin rang kiyasiz

Liboslaringizda faqat bitta tusdan foydalanish noto‘g‘ri. Ko‘rinishingizni modada bo‘lgan qo‘shimchalar bilan sinab ko‘ring yoki yorqin rangli aksessuarlardan foydalaning.

Siz boshdan-oyoq qora kiyinasiz

Agar siz hech qanday qo‘shimchalarsiz boshdan-oyoq qora kiyimlar kiygan bo‘lsangiz, bu sizni qora sharpaga aylantirib qo‘yadi. Shuning uchun, albatta qiyofangizga yorqin rangli aksessuar va oyoq kiyimi aralashtiring.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘rinishingizga putur etkazadigan mayda-chuydalar