Tish pastasi insonda saratonni chaqirishi mumkin. Bunday xulosaga AQShning Bingemton universiteti tadqiqotchilar guruhi keldi. Ular o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida tish pastasi inson organizmiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, tish pastasida titan dioksidi bo‘lib, u insonda saratonni paydo qilishi mumkin. Pasta qadoqlarida u E-171 nomi bilan ko‘rsatiladi.
Shuningdek bu modda saqichda ham bor. Inson organizmiga tushgan titan dioksidi ichaklarni to‘laqonli ishlashiga imkon bermaydi. Bu modda ichakka immunitet uchun foydali bo‘lgan elementlarni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Tish pastalari va saqichlarga titan dioksidi rang beruvchi sifatida qo‘shiladi. U inson immunitetini kuchsizlantiradi. Shu bilan birga, bu moddaning doimiy ta’siri ichakning tashqi tahdidlarga chidamliligini pasaytirish va uning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.
Olimlar tish pastasi yoki saqich tarkibiga nimalar kirishini diqqatlik bilan o‘qishni tavsiya etishmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, titan dioksidi bir qadar xavfsiz modda, biroq uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganib chiqilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi