17:37 / 17.04.2017
203 100

Uy sharoitida semirish uchun nima qilish kerak?

Uy sharoitida semirish uchun nima qilish kerak?
Ko‘pchilikning ortiqcha vazndan aziyat chekishi yangilik emas, ammo oramizda vazn orttirish payida bo‘lganlar ham ancha-muncha. Xo‘sh, qanday qilib hech qanday qo‘shimcha dorilarsiz, uy sharoitida, tezda semirish mumkin? Sahifamiz aynan shu haqda!

Vazn ortishi nimaga bog‘liq?

Tana vazni tabiiy holda mushaklar hajmi hamda yog‘ qatlamining ortishi, suyaklarning mustahkamlanishi va ular orasidagi bo‘shliq kamayishi hisobiga ortadi.

Mushaklarni chiniqtiring!

Yog‘, asosan, vazndan ko‘ra, qomatingizga ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ qatlami mushaklardek zich bo‘lmagani sababli, uning ortishi birdan ko‘zga tashlanadi. Erkaklarda yog‘ qatlamining ortishi tananing qorin qismiga, ayollarda esa badanga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Agar vazningiz 10 kg va undan ortiqroq miqdorda ko‘payishini istasangiz, yog‘ bilan bir qatorda mushaklar hajmiga ham e’tibor bering. Vazningiz ortishi qomatingizni buzmasligi uchun kerakli joydagi (masalan, qo‘l yoki oyoq) mushaklarni chiniqtirish lozim.

Kichik tavsiyalar

Ovqatlanishdan avval, albatta, biror sevimli meva yoki sabzavotdan tayyorlangan sharbatni ichib, ishtahangizni oching!

Kuniga kamida olti marta va iloji boricha bir xil oraliqda tamaddi qiling.

Ovqatlanib bo‘lgach, biroz muddat hech qanday jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmay, hordiq chiqaring.

Limono‘t (melissa)li damlama ham tana og‘irligini oshirish xususiyatiga ega.

Tezda vazn ortishiga yordam beradigan xamirli, qovurilgan taomlar hamda shirinliklarni odatdagidan ko‘proq iste’mol qiling, ammo ular taomnomangizning asosiy qismini egallashi shart emas.

Uglevodlar, oqsil va yog‘ (asosan o‘simlik yog‘i)ga boy bo‘lgan taomlarni iste’mol qiling.

Sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish va ortiqcha asabbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi.

Kaloriyalar haqida ham unutib qo‘ymang!

Vazn orttirish istagida bo‘lganlar, eng avvalo, taomnomasini kaloriyasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar bilan boyitishi lozim. Kaloriyalar miqdori yoshga qarab ham belgilanadi. Masalan, 18 yoshli qizga bir kunda 1760, 30 yoshlilarga 1860, 50 va undan yuqori yoshli xonimlar uchun esa 1660 kaloriya zarur bo‘ladi.

Erkaklarda biroz farq qiladi: 20 yoshli yigit bir kunda 3050, 40 yoshli kishi 2480, 55 yoshdan oshgan kishilarga esa 2000 kaloriya tavsiya etiladi. Bu ko‘rsatkichlar vazni o‘rtacha odamlar uchun keltirilgan. Taomnomangizdagi kaloriyalarni 3000-3500 ga etgunicha asta-asta ko‘paytirib boring. Eng kaloriyaga boy mahsulot pista bo‘lib, 100 gramida 500 ga yaqin kaloriya bor. Ammo juda ko‘p miqdorda iste’mol qilingan pista tishga sezilarli zarar etkazishini unutmang.

Semirish uchun xuddi ozishga o‘xshab astoydil qunt va xohish kerak bo‘ladi. Buni aslo unutmang.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uy sharoitida semirish uchun nima qilish kerak?