Haylends Universitetining (Nyu-Meksiko shtati, AQSh) tadqiqotchilar guruhi piyoda yurish aqliy qobiliyatning rivojlanishiga turtki berishini aniqlashdi. Olimlarning bu ilmiy ishi har yili Chikagoda bo‘lib o‘tadigan American Physical Society (Amerika Jismoniy Jamiyati) s’ezdida taqdim etildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Olimlar yurish davomida oyoqlar harakati arterial qon bosimi to‘lqinlarini keltirib chiqarishini aniqlashdi. Ular qadam va yurak urishi chastotasi bilan sinxronlashib, bosh miyaning qon bilan ta’minlanishini nazorat qilish va yaxshilashga qodir.
Tadqiqotchilar piyoda yurishda bunday effekt yugurishdan kamroq, lekin velosiped boshqarishga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘lishini ta’kilashmoqda.
Olimlar 12 nafar sog‘lom yoshning hayotini kuzatish natijasida shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot ishtirokchilari, vertikal holatda soniyasiga taxminan bir metr tezlikda harakatlanishdi, tadqiqotchilar esa miyaning qon bilan ta’minlanishini ultratovush yordamida kuzatishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi