Biz harakatsiz yashash tarzi to‘g‘risida salbiy ma’nodagi gaplarni ko‘p eshitamiz, u yomon kayfiyatga sabab bo‘lishi yoki hatto kasalliklar ham qo‘zg‘atishi mumkinligi to‘g‘risida aytishadi. Haqiqatan ham nima uchun harakatsiz yashash tarzi shunchalik zararli?
Jismoniy harakat miyada yangi hujayralar paydo bo‘lishi va boshqa o‘zgarishlar yuz berishini ta’minlash bilan uning holatiga amaliy ta’sir o‘tkazadi. Yangi tadqiqodlar shuni ko‘rsatadiki, harakatsizlik bosh miyadagi ayrim neyronlarning deformasiyasiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida yurakka ham ta’sir qiladi.
Bundan 20 yil oldin ko‘pchilik olimlar qarilik boshlanishi bilan miya tuzilishi butunlay mahkamlanib qoladi deb hisoblashgan. Lekin oxirgi nevrologik tadqiqodlar natijasiga ko‘ra, butun hayotimiz davomida miya o‘z harakatchanligini saqlab qolar ekan. Olimlar miya rivojlanishi uchun ayniqsa jismoniy mashqlar samarali bo‘lishini aytishmoqda.
Olimlar taxmin qilishlaricha simpatik asab tizimi miyaning rostral bo‘limidagi neyronlar tomonidan haddan tashqari ko‘p xabar olishi natijasida tartibsiz va xavfli munosabat bildira boshlaydi.
Oddiy qilib aytganda, neyronlar simpatik asab tizimini ancha qattiqroq bezovta qila boshladi, bu esa o‘z navbatida uning faoliyat muvozanati buzilishiga olib keladi. Natijada qon bosimi oshishini va yurak-tomir kasalligini keltirib chiqaradi.
Xulosa: kamharakatli yashash tarzining juda ko‘p fiziologik oqibatlari bor, shu jumladan bosh miyaning tuzilishi va faoliyatiga ham ta’sir etkazadi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?