12:58 / 05.05.2017
6 911

Ofisda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha 7 maslahat

Ofisda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha 7 maslahat
1. To‘g‘ri paytni tanlang

Har bir kishida ishlash samaradorligi darajasi, ya’ni eng faol bo‘ladigan va sustlashib qoladigan vaqtlar har xil. Shunga qarab eng mas’uliyatli vazifalarni kunning faolligingiz yuqori bo‘lgan qismiga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.

2. Avval qiyini

Sizga yoqimsiz bo‘lgan ishlarni eng avval va tez qilib qo‘yishga harakat qiling.

3. Kunlik maqsadga ega bo‘ling

Har kuni ertalab kun davomida erishmoqchi bo‘lgan bironta maqsadni belgilang. Yo‘nalish hissiga ega bo‘lgach, butun kunni shu ishni bajarishga sarflaysiz.

4. «Maqsadchalar» qo‘ying

Masalan, ishingiz maqola yozishdan iborat bo‘lsa, ish stoliga o‘tirishdan oldin o‘z-o‘zingizga: »Beshta maqola yozmagunimcha o‘rnimdan turmayman!» – deng. Va bu maqsadga etmaguncha to‘xtamang.

5. O‘xshash vazifalarni birga saralang

Elektron pochta bilan bog‘liq ishlarni bir vaqtda bajaring. Yana boshqa bir vaqtda barcha telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiring. Ishlaringizga bu tarzda yondashish ancha vaqtingizni tejaydi.

6. Pareto tamoyilini qo‘llang

Bu tamoyilga ko‘ra, siz bajarishingiz mumkin bo‘lgan ishlarning 20% i sizga 80% lik foyda keltiradi. Ya’ni ishingizdagi ba’zi vazifalar (odatda eng qiyin va yoqimsizlari) ishingizning asosiy qismini tashkil qiladi. Agar siz e’tiboringizni shu 20% ga qaratsangiz vaqtdan yutasiz.

7. Vaqtni chegaralang

Vazifaga kirishishdan avval o‘zingizga bu ishni bajarish uchun vaqt chegarasini belgilang. Bu kuch va vaqtingizni jamlab shu ishga yo‘naltirishda sizga katta yordam beradi.

Maqolada mashhur «muvaffaqiyat murabbiysi» (success coach) Stiven Pirs maslahatlaridan foydalanildi.

Manba: “Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ofisda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha 7 maslahat