21:38 / 22.05.2017
7 093

23 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

23 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yo‘lingizda uchraydigan to‘siqlarga nisbatan asabiy munosabatda bo‘lmang, salomatligingizga putur etishi mumkin. Agar aql bilan, sabrli bo‘lib ish tutsangiz, barcha muammolar bartaraf bo‘laveradi. Kun davomida sizni kimdir mehmonga taklif etishi, oila qurmaganlarning ba’zilariga kimlardir muhabbat izhor etishi kutiladi. Faqat haddan ziyod xursand bo‘lib ketmang, ko‘z tegadi, keyin taqdir sizni kutilmagan sovg‘alar bilan siylamay qo‘yadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
23 may kuni oilaviy hayotingizda ajabtovur, ham kulgili, ham quvonarli voqealar ketma-ket sodir bo‘la boshlashi kutiladi. Xuddi bolalik davringizga qaytgandek irg‘ishlab o‘ynagingiz ham kelib ketishi ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy muammolar bugun a’lo darajada hal bo‘ladi. Shunday ekan, kimdandir qarz ko‘tarishga shoshilmang. Ishda shoshqaloqlikka aslo yo‘l qo‘ymang. Sog‘liqni asrang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun sizni har qanday ko‘ngilsizlik, omadsizliklardan xudoning o‘zi himoya qiladi. Ammo baribir ularning teng yarmini o‘z zimmangizga olsangiz, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Go‘zallik saloniga, sportzalga, basseynda cho‘milishga borish bugun omadli kechadi. Kechqurun qo‘lingizga mo‘may pul tushishi ham haqiqatdan uzoq emas. Muhabbatda rejasiz ish tutmang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
23 may kunning birinchi yarmida yaqin o‘tmishdagi xatolarni bir eslang. Ular sizning qayta adashmasligingizni ta’minlab beradi. Kun davomida ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payadi. Ruhiy zo‘riqishlar, asabiylashishlar bugun sizga jiddiy ziyon etkazadi. Shuning uchun ishda ham, uyda ham iloji boricha hech kim bilan janjallashmang. Ehtiyot bo‘ling, kunning ikkinchi yarmida katta pul yo‘qotishlar, xarajatlarga tushishingiz mumkin. Salomatlikni alohida nazorat qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun kayfiyatingiz bir necha o‘n marotaba o‘zgarishi kutilmoqda. Siz uni nazorat qila bilishingiz kerak. Shunda bu o‘zgarishlar ishingizga ta’sir o‘tkazmaydi. Birovlarning aybini zinhor yuziga aytmang, sizni yomon ko‘rib qolishadi. Achchiq haqiqat hech kimga yoqmaydi. Agar ortiqcha vaznga ega bo‘lib qolganingizni payqasangiz, buning chorasini ko‘ring. Sportning faol turlari, suzish bilan shug‘ullaning. Jismoniy zo‘riqishlarga yo‘l qo‘ymang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
23 may kuni qachonlardir qaysidir do‘stingiz bilan bo‘lib o‘tgan janjal, echilishi qiyin bo‘lgan muammolar o‘zi haqida yana bir karra eslatib o‘tishi kutiladi. Hayotingizni yaxshi tarafga o‘zgartirishni istasangiz, o‘zingiz yoqtirmaydigan odamlar bilan munosabat yuritmang. Kechqurunga yaqin sizga daromadi judayam mo‘may bo‘lgan yangi ish taklif etishlari mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun sevimli insoningiz bilan orangizda jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli sezilyapti. Bunda iblisni aybdor qilib o‘tirishning sira hojati yo‘q. Gaplarni, o‘zingizni tutish qoidalarini yana bir bor eslab olsangiz, bosiqlikka e’tiborni kuchaytirsangiz, bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olsa bo‘ladi. Ish joyingizda bugun sizni xizmat safariga jo‘natishlari kutilmoqda. Bu safar sizga moddiy manfaat ham olib keladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
23 may kuni oilangizda anchadan beri davom etib kelayotgan yoqimsiz lahzalarni yo‘q qilish uchun qulay fursat tug‘iladi. Basharti bunga birinchi bo‘lib o‘zingiz sababchi ekaningiz yodingizga tushsa, uzr so‘rash, tavba qilishdan uyalmang. Moddiy manfaat ko‘rish uchun har bir ishga ijodiy yondashishingiz talab etiladi. Kechqurun salomatlikni asrang, duch kelgan taomni iste’mol qilmang. Uxlashga yotishdan oldin albatta kechki salqinda sayr qiling, toza havo oling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun tadbirkorlar hamkorlari bilan kutilmaganda kelisha olmay qolishlari mumkin. Albatta, kelishmovchilikka puldan bo‘lak yana nima sabab bo‘lishi mumkin. Shaxsiy hayotda juftingizga yon bermasangiz, ish ajrashishgacha borib etishi hech gap emas. Bu muammoni hal etishda do‘stlar ham yaqindan ko‘mak berishlari ehtimoldan xoli emas. Kechqurun sog‘lig‘ingiz pand bera boshlashi kutiladi. Issiq havo tufayli lohaslik paydo bo‘lishi mumkin. Vrach ko‘rigidan o‘tishga erinmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
23 may kuni oila qurmaganlarga bo‘lg‘usi juftini uchratishlari uchun bir talay sabablar ko‘ndalang bo‘ladi. Asosiysi, uyda o‘tirib qolmang, mehmonga chaqirsalar, rad etmang. Ish joyingizda bajariladigan barcha yumushlarni jamoaviy tarzda amalga oshiring. Badavlat do‘stlardan biri sizga moliyaviy tarafdan yordam beradi. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi omadli kechadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar jiddiy ogohlantiradi. Qovg‘a burjida tavallud topganlar bugun moddiy yo‘qotishlar, aldanib qolishlarga duch kelishlari kutilmoqda. Bundan tashqari kun davomida o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz mumkin. Bu ayni kunda qayta paydo bo‘lgan magnit bo‘ronlari ta’siri ham bo‘lishi hech gap emas. Yaxshisi, tushdan keyin uyga keting, yoki tabiat qo‘ynida dam oling. Shunda salomatligingizga jiddiy putur etmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
23 may kuni ishlaringiz baroridan kelishini yulduzlar bashorat qilishgan. Neki ishga qo‘l urmang, albatta moddiy manfaat ko‘rasiz. Ayniqsa, tijoratchi va tadbirkorlarning kuni tug‘adi. Shaxsiy hayotingiz osuda kechadi. Kechqurun kimdir sizni oilaviy mehmonga taklif etishi mumkin. Salomatligingiz bugun bezovta qilmaydi.

Manba: hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 23 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...