21:44 / 23.05.2017
6 677

24 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

24 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
24 may kuni shaxsiy hayotingizga chuqurroq nazar solib, juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarga yana bir karra oydinlik kiritib oling. Ammo ajrashish haqida o‘ylay ko‘rmang. Bu sizga rosmana baxtsizlik keltiradi. Ish joyingizda muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Mavqengiz oshish ehtimoli bor. Kechqurun favqulodda boshqa shaharga jo‘nab ketishingiz mumkin. Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, sog‘lig‘ingizni nazoratda ushlashni unutmang. Kechqurun nimadir sabab bo‘lib kayfiyatingiz buzilishi kutiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun siz uchun juda yorqin kun bo‘lishini bashorat qilishmoqda. Asosiysi, yangi boshlamoqchi bo‘lgan ishlarni bartaraf etishga ulgurasiz va bundan ham ruhiy, ham moddiy manfaat ko‘rasiz, inshoolloh. Lekin kun davomida yoshi ulug‘ qarindoshlardan albatta xabar oling. Ovqatlanish tartiblariga qat’iy amal qiling, aks holda yoz kelguncha semirib ketishingiz ehtimoli bor.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
24 may kuni atrofdagilardan sha’ningizga tanqidlar yog‘ilishi mumkin. Ammo bu jarayonga o‘ta bosiq munosabatda bo‘ling. Hatto kimlardir tirnoq orasidan kir qidirib erinmasalar-da, e’tibor qilmang. Bugun tijoratchilar va tadbirkorlar sira ikkilanmasdan hamkorlar bilan yangi ish boshlayverishlari mumkin. Shaxsiy hayotda esa muammolar yo‘q emas. Juftingiz va sizning orangizda tushunmovchiliklar, ishonchsizliklar yuzaga kelishi kutiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugungi kuningiz juda quvonchli va baxtli kechadi. Hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dod qirralaringiz ham aynan 24 may kuni oshkor bo‘ladi. Siz olqishlar, maqtovlar og‘ushida kunni kech qilasiz. Yagona ko‘ngilsizlik esa kechqurun sodir bo‘lishi mumkin. Ya’ni, sizni qarindoshlardan biri jiddiy suhbatga chorlaydi. Kechqurun ovqatlanishga alohida e’tibor qarating. Basharti o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, darhol vrach ko‘rigiga shoshing. Kechqurun vaqtingizni albatta oila a’zolaringiz davrasida kechiring.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
24 may kuni sizdan kuchlisi, aqllisi va ayyori bo‘lmaydi. Har bir ishni juda ustalik bilan o‘z foydangizga hal eta boshlaysiz. Anchadan beri hal bo‘lmagan moddiy muammo ham bugun xamirdan qil sug‘urgan kabi osongina hal bo‘ladi. Tadbirkorlar o‘z kuch va imkoniyatlarini to‘g‘ri chamalay bilsa, kechqurunga borib yangi hamkorlar bilan shartnomalar imzolashi mumkin. Bu kelishuvlar albatta omadli kechadi. Ammo bu ish uchun juda katta pul tikishingizga to‘g‘ri keladi. Sog‘lig‘ingizni avaylang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Afsuski, 24 may kuni raqiblar, raqobatchilar, ko‘nglida kiri ko‘plar bilan kurashib charchashingiz xavfi bor. G‘iybatlar eshitasiz va ularni yaqindagina o‘zingiz munosabatlarga nuqta qo‘ygan odam tarqatganidan ogoh bo‘lasiz. Agar u bilan ochiqchasiga gaplashib olishga qaror qilsangiz, tinchlik yo‘lini tanlang. Kechga yaqin salomatligingizda biroz muammo paydo bo‘lishi mumkin. Lekin faqat vrach yozib bergan dorilarni iste’mol qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar unutmasinlar, shu kunlarda atmosferada kuchli magnit bo‘ronlari boshlandi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
24 may kuni atrofdagilarga nisbatan bardoshlilik va ehtiyotkorligingizni keng namoyish etishingiz talab etiladi. Shunda kunni xavotirlarsiz, asabiylashishlarsiz o‘tkazasiz. Oilada ham muammolar bir talay. Ularni shoshilmasdan hal eta borishingiz kerak bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida siz xususiy mulk sotib olishingiz ham ehtimoldan xoli emas.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun sizga ancha og‘ir kunni va’da qilishgan. Shunday ekan, siz tongdanoq kuch hamda imkoniyatlaringizni bir nuqtaga jamlagan holda harakatlar sodir etishni boshlang. Xatoga yo‘l qo‘yishdan juda ehtiyot bo‘ling. Oilangizda yoqimli xabar tarqaladi. Yangi mehmon dunyoga kelishi kutiladi. Oilasi yo‘qlar esa bugundan ko‘p yaxshiliklarni umid qilsalar yarashadi. Kechqurun lahzalaringiz osoyishtalikda kechishi kutiladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun jismoniy zo‘riqishlarni kamaytirib, ruhiy etuklik sari intilganingiz ma’qul. Anchadan beri yoga bilan shug‘ullanishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, bugun imkoniyat tug‘iladi. Ish joyingizda tuyg‘ularni, asablarni jilovlay olmaslik sizga faqat ziyon etkazadi. Salomatlikni ham asabni jilovlagan holda mustahkam tutishingiz mumkin. Boshqa yo‘l yo‘q. Kechqurun juftingiz orzungizdagi taomni tayyorlab qarshilashi kayfiyatingizni ikki hissa yaxshilaydi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
24 may kuni bolalar muolaja olishi va ro‘zg‘or uchun zarur jihozlar sotib olishga ancha-muncha pul sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Shunga yarasha pul ham topasiz albatta. Ammo bankdan kredit olishni aslo xayolingizga keltira ko‘rmang. Bu sizga bir kun kelib faqat ko‘ngilsizliklar hadya etadi. Hamkasblar bilan diplomatlarcha munosabat yuriting. O‘shanda orangizdagi do‘stlik, hamkorlik yanada yaxshilana boradi. Oila qurmaganlarning ayrimlari bugun ayriliq alamini totishlari mumkin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
24 may kuni shaxsiy hayotga ko‘proq nazar tashlashingiz lozim. Juftingiz bilan anchadan beri orangizda jiddiy muammo kezib yuribdi. Shuni bartaraf etish yo‘llarini qidiring. Ish joyingizda rahbarlardan ish sifati bahonasida mukofot puli olishingizni ham yulduzlar bashorat qilgan. Kechqurun sizni anchadan beri ko‘rishmagan do‘stingiz mehmonga taklif etadi. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi tayin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugungi kuningiz shu qadar yorqin va yoqimli kechadiki, tashqaridagi bulutli havo ham uni sizdan tortib ololmaydi. Kun davomida siz boshdan o‘tkazishingiz kutilayotgan hodisalar juda ko‘payadi. Kunning ikkinchi yarmida yo lotoreya o‘ynab katta pul yutishingiz, yoki kimdir sizdan olgan qarzini qaytarishi mumkin. Kechga yaqin ajoyib bir inson bilan uchrashishingiz kutiladi. Kechqurun ham dam olishga qo‘yishmaydi. Do‘stlardan biri sizni ziyofatga taklif etadi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 24 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..