00:10 / 24.05.2017
8 043

Doim omadingiz kelishini xohlaysizmi? Omadning 6 ta omili

Doim omadingiz kelishini xohlaysizmi? Omadning 6 ta omili
Omadning 1 omili: Ochiqlik
Ochiqlik siz nima xohlashingizni aniq bilishingizni anglatadi. Ochiqlik – omadning 80 %i va omad kelishining eng asosiy omilidir. Hamma muvaffaqiyatli kishilar nima xohlashlarini, xohlagan narsasini olish uchun nima qilishlari kerakligini juda ham aniq tasavvur qila olishadi.

Omadning 2 omili: Faoliyat
Siz ko‘p ish qilayotganingizda, ba’zi bir narsalar to‘g‘ri, kerakli paytda va to‘g‘ri yo‘nalishda qilayotganligingizni ehtimolligi oshib boradi.

Masalan. Agar siz to‘pni savatga juda ko‘p marta tashlasangiz, savatga tushish ehtimolligi oshib boradi.

Omadning 3 omili: Energetika
Quvvat omadning kalit omilidir. Muvaffaqiyatli kishilar qancha narsalarga ulgurayotganliklarini ko‘rganingizda, ularning quvvati boshqalarnikiga qaraganda ko‘pga o‘xshaydi. Amalda (asosan) muvaffaqiyatli kishilar «omadlilar» erta turishadi. Kun davomida ko‘p vaqtlarini ish bilan o‘tkazishadi, hattoki ular kechki vaqt ham ishlashadi. Shuning uchun ularning quvvatlari o‘qishga ham etadi. Ular vaqtlarini o‘zlarini rivojlanishiga, biznesining yoki karerasining rivojlanishiga sarf qilishadi.

Doktor Tomas Stenlining izlanishlari natijasida, u va uning guruhi 2500 ta millioner odamdan so‘rov o‘tkazishdi, unga ko‘ra 84% millioner tartibli va keskin mehnatlari evaziga moliyaviy mustaqil bo‘lishganini aytishdi. Millionerlar hayotlari davomida atrofidagi odamlarga qaraganda ko‘proq va ko‘p vaqt ishlashga tayyorligini ham qayd etib o‘tishdi.

Omadning 4 omili: Shaxs
Insonning shaxsi ham omadning asosiy omillaridandir. Hamma omadli kishilar umumiy chiziqqa ega. Ular optimist va pozitivdirlar. Ular boshqalar bilan qanday til topishishni topa oladilar. Ularning do‘stlari va tanishlarining ko‘p qismi hayotning turli qismlaridandir.

Omadning 5 omili: To‘g‘rilik (halollik)
To‘g‘rilik va insoflilik hayot va biznesdagi eng ko‘p talab va hurmat qilinadigan xislatlaridandir. Hammamiz ishonadigan odamimiz bilan do‘stlashish va biznes bilan shug‘ullanishni xohlaymiz.

Omadning 6 omili: Qat’iylik
Qat’iylik – Muvaffaqiyatli kishini boshqalardan ajratib turadigan xislatdir.Siz qat’iy bo‘lganingizda maqsadingizga erishish siz hamma narsani qilishga tayyor bo‘lasiz. Boshqalar to‘xtashganda va chekinishganda,siz yo‘ldan adashmaysiz va to‘xtamaysiz.Siz ko‘proq ishlay va masalalarni echishda turli hil yo‘llarni izlay oladigan bo‘la olasiz.Maqsadingizga etishishda kerakli malaka olishingiz uchun siz ko‘p o‘qiysiz. O‘ylaganingizni etmaguningizcha ko‘p kitob o‘qiysiz, seminarlarga borasiz, treninglarga tashrif buyurasiz.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Doim omadingiz kelishini xohlaysizmi? Omadning 6 ta omili