23:46 / 26.05.2017
5 713

27 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

27 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
27 may kuni shaxsiy hayotingizda jiddiy muammo tug‘ilishi kutiladi. Juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Agar haqiqatan oilangizda tinchlik, totuvlik bo‘lishini xohlasangiz, uni rashk qilmang. Rashk har doim ham muhabbat ramziga aylanavermaydi. Moliyaviy ahvolingiz ham g‘alati tarzda ijobiy hal bo‘ladi. O‘zingiz sira kutmagan tarafdan pul kelib qo‘lingizga tushadi. Kechqurun ba’zilarning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelgani haqidagi xabar tarqalishi mumkin. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun kuningiz juda maroqli va xayrli kechadi. Ruhan yengil bo‘lasiz. Yulduzlarning bashorat qilishlaricha, kun davomida labingizdan tabassum arimaydi. Muammolarni ham osonlik bilan, xamirdan qil sug‘urgan kabi tez hal eta bilasiz. Lekin ish joyingizda ba’zi hamkasblar bo‘lar-bo‘lmas gap-so‘zlar bilan kayfiyatingizni buzishi mumkin. Bu hasadning bir ko‘rinishi deng-u, qo‘l siltab qo‘yavering. Ularga rahbarlar nuqul sizni maqtashlari alam qiladi-da!
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
27 may kuni faqat o‘z kuch va imkoniyatingizdan kelib chiqib ish tuting. O‘zingizga nisbatan tajribasi kamlar maslahatiga quloq tutmang. Kunning ikkinchi yarmida esa moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Sog‘lig‘ingiz picha bezovta qilib o‘tishi ham ehtimoldan xoli emas. Har holda bu issiq havo ta’siri bo‘lsa kerak. Kechqurun qarindoshlardan biri sizga yoqimli xabar etkazadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar bugun yaqin o‘tmishni butkul miyangizdan chiqarib tashlashingiz va hech qachon uyoqqa qaytmasligingizni maslahat berishmoqda. Chunki xotiralar xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, to‘laqonli ishlashga, yashashga xalal beradi. Organizmingizda aytarli kuch qolmagan hisob. Shunday ekan, vitaminga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling, vaqtida dam oling. O‘zingizga yoqmaydiganlar bilan muloqotga kirishmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
27 may kuni miyangizni faqat yangi, foydali g‘oyalar uchun bo‘shatib bering. Bo‘lar-bo‘lmas xayollarni haydab soling. Bundan oldin esa qolgan-qutgan ishlarni poyoniga etkazing. Muhabbatda bugun sizdan omadlisi, baxtlisi bo‘lmasa kerak. Pul masalasida negadir bugun ishlaringiz yurisha qolmaydi. Shuning uchun tavakkal qila ko‘rmang. Ahvolingiz battar tanglashishi mumkin. Sog‘lig‘ingiz juda tobida, uning qadriga eting.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 may kunning birinchi yarmini pulingizni ko‘paytirishga bag‘ishlang. Zarur bo‘lsa, har qanday ishni ham yig‘ishtirib qo‘ying. Sizdan qachonlardir qarz olganlar qattiqroq tursangiz bugun qarzlarini qaytarishi mumkin. Kun davomida kimlargadir aldanib qolishingiz xavfi bor. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar har qachongidek salomatlikni nazorat qilishdan charchamasliklari talab etiladi. Kechqurun juftingizni yoningizga olib biror kafeda kechki ovqatni tanovul qilishingiz mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
27 may kuni tarozi burjida tug‘ilganlarning ba’zilari sevimli insoni bilan ajrashish pallasini boshdan kechirishi kutiladi. Agar shu pallaga tayyor bo‘lsangiz, bardosh qiling. Oila qurmaganlar esa bugun bo‘lg‘usi jufti bilan tasodifan tanishib qolishlari mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Yotar pallangizda kaloriyasi kuchli taom iste’mol qilmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun anchadan beri asabingizga tegib kelayotgan bir ish nihoyat yakuniga etishini bashorat qilishgan. Bugun oilaviy ajrashish, mulk ajrimi va boshqa shaharga ko‘chib o‘tish kabi amallar omadsiz va muvaffaqiyatsiz kechadi. Tijoratchilar esa do‘ppini osmonga otaversalar bo‘ladi. Bugun daromad ikki hissa bo‘lishi tayin bo‘lib turibdi. Yoshi ulug‘, xasta qondoshlardan xabardor bo‘lib duolarini oling. Bir kun asqotadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
27 may kuni reja asosida ish boshlaysiz. Lekin tez fursatda uddalashingiz kerak bo‘ladi. Tushdan so‘ng azaliy orzularingizdan birining ushalish ehtimoli bor. Salomatligingiz havas qiladigan darajada bo‘lmaydi. Vaqt topib vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying. Yaqin o‘tmishni zinhor yodga olmang, bugungi kun bilan yashashga harakat qiling. Ayrimlar kechqurun olis safarga otlanishlari mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
27 may kuni qarindoshlardan biri sizni nuqul qonunga zid harakatlar sodir etishga undayverishi kutiladi. Biroq unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘la ko‘rmang. Yaxshisi undan uzoqlashing va qanchadir muddat u bilan gaplashmang. Pul masalasida jiddiy to‘siqlarga uchrashingiz kutiladi. Ammo do‘stlardan qarz ko‘tarishga shoshilmang. Kechqurun bu muammo ham bartaraf etiladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
27 may kuni zararli odatlardan qutulish choralarini ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Bir kun kelib ular salomatligingizga jabr etkazib qo‘yishi mumkin. Bugun machitga borib, jamoaviy namoz amalida ishtirok etish, o‘tganlar haqiga duolar o‘qish juda xayrli kechadi. Shu bilan bir qatorda qo‘shimcha bilim olganlar ham dog‘da qolishmaydi. Jismoniy zo‘riqishlardan uzoq bo‘ling, bel qismingizda jiddiy muammo paydo bo‘lish xavfi bor. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o‘tkazing.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun atrofdagi suhbatdoshlar, hamkasblar, maslakdoshlarni zimdan kuzatib ularga qo‘shimcha baho beradigan kuningiz. Shunda ular orasidan sizga haqiqiy mehr-oqibat ko‘rsatishi mumkin bo‘lganlarini qayta kashf etasiz. Garderobni yangilash, poxodga chiqish, go‘zallik saloniga borish, do‘stlar bilan suhbatda bo‘lish bugun muvaffaqit keltiradi. Kunni a’lo kayfiyatda kech qilasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 27 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...