23:24 / 28.05.2017
14 701

Qanday amallar ro‘zani buzmaydi?

Qanday amallar ro‘zani buzmaydi?
Muborak Ramazon oyi yurtimizni o‘zgacha shukuh bilan kutib olindi. Oylar sultoni yozning ayni jaziramasiga to‘g‘ri kelgani sabab ko‘pchilik ro‘za tutishda, kun davomidagi xatti-harakatlari biroz ikkilanib, ro‘zani ochib yuboradigan amallar qilib qo‘yishdan qo‘rqayotganini aytyapti. O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy saytida keltirilgan bir maqolaga ko‘zimiz tushdi va uni siz bilan bo‘lishini niyat qildik.

Quyidigilar ro‘zani buzmaydi:
— ro‘zador barmog‘i yoki namlangan paxta bilan qulog‘ini tozalasa, ro‘zasi ochilmaydi. Zero, quloq pardasi biron bir narsani bosh tomonga o‘tkazmaydi;
— ro‘zador ayolni ginekolog ko‘rigi ro‘zasi buzmaydi;
— ichki bavosil (gemorroy) va qoshiq bilan tomoqni tekshirish ham ro‘zani buzmaydi;
— teri ostiga (yonboshga) qilingan ukol, emlash ham ko‘pchilik fuqaholar nazdida ro‘zani buzmaydi;
— ro‘zador boshi yoki boshqa a’zolaridan qon oldirsa ro‘zasi ochilmaydi;
— ro‘zador ostini (mahrajini) yuvib, uni quritmay o‘rnidan turib ketsa ro‘zasi buziladi. Chunki qolgan suv ichiga ketib qolishi mumkin. ---
— Agar yuvgandan keyin orqasini biror narsa bilan artib, o‘rnidan tursa ro‘zasi buzilmaydi;
— ro‘zador ayol paxtani jinsiy a’zosiga qo‘yib, uni ichiga kiritib yuborsa ro‘zasi buziladi, paxtaning bir tarafi tashqarida tursa ro‘za buzilmaydi;
— ro‘zadorning orqasiga termometr yoki haroratni o‘lchovchi tibbiy jihozni kiritilsa ro‘za ochilmaydi;
— erkak va ayolning orqasi hamda oldi tomonidan tibbiy bog‘lama muolajalari kiritilsa ro‘za buziladi;
— ro‘zadorning terisi orqali kirgan narsa ro‘zasini buzmaydi. Agar suvning sovuqligini ichida sezsa ham ro‘zasi ochilmaydi. Shu kabi yuz terisini yog‘lasa yoki surma qo‘ysa ro‘za buzilmaydi, agarchi og‘zida uning ta’mini sezsa yoki tupigida rangini ko‘rsa ham;
— Dori sotuvchi dorixonadagi dorilarning ta’mi va hidlarini sezsa ham ro‘zasi buzilmaydi;
— Ro‘zador qulog‘iga ixtiyorsiz kirgan suv ro‘zani buzmaydi, ammo qasddan suv kiritsa ro‘zasi ochiladi;
— Ro‘zador tamaki hidini qasddan hidlasa yoki ichiga kiritsa, shubhasiz ro‘zasi ochiladi ( “Raddul muhtor” kitobi);
— Ro‘zador og‘zini xurmo, ho‘l yoki quruq mevalar bilan ochishi sunnat. Suv bilan ham ochish joiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday amallar ro‘zani buzmaydi?