09:08 / 29.05.2017
8 853

Ko‘zoynaklar zararli nurlardan ko‘zimizni asraydimi?

Ko‘zoynaklar zararli nurlardan ko‘zimizni asraydimi?
Bugungi kunda quyoshning zararli nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynaklardan aksariyat insonlar foydalanadi. Bahor va yoz mavsumini bu kabi ko‘zni himoyalovchi vositalarsiz tasavvur qilish qiyin.

Unutmang, ko‘zlaringizni faqat sifatli ko‘zoynaklargina quyoshdan himoya qila oladi. Quyida ularni tanlash borasidagi tavsiyalarimiz bilan tanishasiz.

Ko‘zoynakdagi linzalarga ahamiyatli bo‘ling, ular plastikdan emas, balki shishadan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Linzalarning yorug‘lik o‘tkazish darajasi, ularning rangi bilan bevosita aloqador.

Linzalar rangini o‘z xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin

Kulrang linzalar yorug‘likni 20 foiz o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lib, nur o‘tkazuvchanligini buzmaydi. Jigarrang linzalar 15 foiz yorug‘likni o‘tkazadi, yuqoriroq ranglar farqlanishini ta’minlaydi hamda har qanday ish faoliyati uchun yaroqliligi bilan alohida ahamiyatlidir. Sariq linzalar ham 15 foiz yorug‘likni o‘tkazish xususiyatiga ega. Ranglar farqlanishini yaxshilaydi. Undan asosan avtomobil haydashda, suzish vaqtida hamda tennis o‘ynayotganda foydalanish mumkin. Turli rangda tovlanuvchi linzalar quyosh nurlarida qorayib, past yorug‘likda yorqinlashish xususiyatiga ega.

Qutblangan linzalar

Ular istalgan rangda bo‘lishi mumkin. Qutblovchi filtr ko‘zga yaltiroq yuzalarda, optik to‘siq chaqiruvchi qorli yuzalar, ho‘l asfalt, avtomobil oldi qismida hosil bo‘luvchi ko‘zni qamashtiruvchi nurlarni o‘tkazmaydi.

Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor yoki ko‘z kasalligi bilan og‘rigan insonlarga ko‘zoynak xarididan oldin ko‘z shifokori bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz.

Quyosh nuridan himoyalovchi ko‘zoynaklarning sifati undagi maxsus yorliq bilan belgilanadi. Bu xaridorga xarid paytida yaqindan ko‘mak beradi. Himoyalash darajasi ko‘rsatkichlari maxsus yorliqda belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Shu bilan birga qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar ham mavjud. Unda ko‘zoynakdan tog‘, suv havzasi, shahar yoki maxsus joyda foydalanish borasida ko‘rsatmalar beriladi.

Qoraytiruvchi va ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynaklar darajasiga ko‘ra 5 turi bir-biridan farqlanadi.

– Ularning birinchisi 80-100 foiz yorug‘likni o‘tkazmaydi. Ultrabinafsha nurlaridan juda kam darajada himoyalaydi.
– Ikkinchi turi esa 43-80 foiz yorug‘likni ushlab qoladi. Bu kabi ko‘zoynaklar shahar sharoitida ko‘zlarni himoyalashga ko‘mak beradi.
– Uchinchi turi 8-18 foiz yorug‘likni ushlab qolish xususiyatiga ega. Bu juda to‘q filtr bo‘lib, plyaj yoki tabiatga sayrga chiqishga mo‘ljallangan.
– To‘rtinchi turi 3-8 foiz yorug‘likka to‘sqinlik qiladi. Bu ham juda to‘q filtr bo‘lib, o‘ta issiq mamlakatlar uchun mo‘ljallangan.

Uchinchi va to‘rtinchi turdagi filtrlar ultrabinafsha va infraqizil nurlaridan batamom himoyalay oladi.

Manba: soglom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘zoynaklar zararli nurlardan ko‘zimizni asraydimi?