12:02 / 29.05.2017
11 962

Yuz rangi barchasini oshkor qiladi…

Yuz rangi barchasini oshkor qiladi…
Qadimgi Sharqning barcha tabiblari (Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyo) yuzni o‘qish san’atini (fiziognomika) puxta egallaganlar. Bu, ayniqsa, xastaliklarni aniqlashda qo‘l kelib, kasallik bemor yuz rangi va suyak tuzilishiga qarab aniqlanar edi. Yuz rangi har birimizda sog‘liq barometri va ichki ruhiy tuyg‘ular ko‘zgusidir. Masalan, buyuk imperator Yuliy Sezar sarkardalar dovyurakligini yuz rangiga qarab ajratardi. Xavf paytida botir qizaradi, qo‘rqoq oqaradi, deb hisoblar va hech qachon adashmas edi. Sharq tabiblari asosan yuzning pushti, qizil, rangpar, bug‘doy rang va ko‘kish kabi ranglarini farqlaydilar. Shuning uchun, har qanday vaziyatda, suhbat yoki uchrashuvda siz ham, eng avvalo, suhbatdoshingiz yuz rangiga e’tibor qaratishingiz muhim. Shunda siz muomalada ko‘zlagan natijaga erishishingiz mumkin.

Pushti yuz – terining pushti rangi kechirimlilik, har xil janjal va nizolardan o‘zini olib qochuvchi yoki unday holatlar oldini olishga urinuvchi shaxsga xos. Bunday kishi tabiatan yuksak aql egasi bo‘lib, doimo o‘z bilimlarini chuqurlashtirib boradi. U muloyim va romantik. Shovqinni yoqtirmaydi, sokin, bosiq gapiradi. Asosan, bolalarning yuzi pushti rangda bo‘lgani uchun ular kechirimli, kuchli xotiraga ega bo‘ladilar.

Qizil yuz – bunday rang shaxs sog‘ligida qandaydir kamchilik borligini bildiradi. Nafas yo‘llari yoki qon bosimi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Xarakteriga ko‘ra, bunday kishilar faol, mustaqil fikrga ega bo‘ladilar. Ularning fikriga qo‘shilmagan yoki mensimagan shaxslarga nisbatan murosasiz, tajovuzkorligi bilan ham ajralib turadilar. Bunday holatda faqat yaxshi so‘z, maqtov bilan ularni tinchlantirish mumkin. Xalqda bunday kishilarni “o‘t odam” deb baholashadi, psixologlar “xolerik” deb ataydilar. Shu bilan birga qizg‘ish-pushti rangli yuz egasi ochiq havoda ko‘p bo‘lishni, sayohatni, jismoniy mehnatni xush ko‘radi. U tabiatan bosiq shaxs hisoblanadi.

Rangpar yuz – ruhiy tushkunlikka moyillikni bildiradi. Bunday shaxslar o‘z muammolarini boshqalarga nisbatan 10-100 barobar og‘ir deb hisoblashadi. Kamharakat bo‘lish bilan birga, ular jismoniy mehnatni yoqtirmaydilar. Shuning uchun, qo‘proq ijodiy faoliyatni tanlashadi, ko‘p nolishadi, nutqi tez o‘zgaradi, bir shoshib, bir sekin gapiradilar.

Yuqorida keltirilgan ranglar ko‘pincha aralash holda ko‘zga tashlanib (oqish-pushti, oqish-qizil, oqish-bug‘doyrang), shaxs sog‘lig‘i va ichki tuyg‘ularidan darak beradi. Har qanday suhbat paytida kishi turli emosional holatga tushib qizaradi, oqaradi va hokazo. Shundan kelib chiqib, fiziognomika bilan tanishishni kishi yuz rangini solishtirishdan boshlang.

Yuzning suyak tuzilishi va go‘shtdorlik

Shaxs yuzining suyak tuzilishi va go‘shtdorligi uning xarakterini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu ikki belgidan uning xulq-atvori hamda fiqrlash doirasini anglash mumkin. Shu bois, yuz shakli, rangini aniqlab olgandan keyin, suyak tuzilishi va go‘shtdorligiga e’tibor qaratishni maslahat beramiz.

Yuzida suyak bo‘rtib chiqqan shaxs shoshqaloq, serharakatdir. Bunday yuzli shaxslar ham o‘ziga, ham boshqalarga juda talabchan va qat’iy kishilardir. U bilan do‘stlashish, muloqotga kirishish juda qiyin. Muloqotga kirishganda esa ularga ishonish mumkin. Xarakterining salbiy xususiyatlaridan biri hech qanday tanqidni ko‘tarolmasligidan iborat. O‘zbilarmonlik va maqtanchoqligi bilan ajralib turadilar.

Yuzning go‘shtdorligi

Go‘shtdor yuz egalari o‘zining yumshoqtabiatligi bilan odamlarni jalb qiladi. Ular kirishimli, bilimga chanqoq, davralarda kishilar diqqatini tortishni yoqtiradilar. Shu bilan birga, asl holatlarini tabassum yordamida yashirishga intilishadi. Xalqda to‘ladan kelgan, doimo tabassumli kishilarni beg‘am, deb baholaydilar. Chunki, ular shaxsiy hayotlariga birovlar aralashishini, kechinmalarini oshkor etishni istashmaydi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuz rangi barchasini oshkor qiladi…