13:30 / 02.06.2017
14 647

Namoz o‘qimagan kishining ro‘zasi qabul qilinadimi?

Namoz o‘qimagan kishining ro‘zasi qabul qilinadimi?
«Islam-today.ru» namoz o‘qimaydigan, spirtli ichimliklar ichadigan va boshqa gunohlarni amalga oshiradigan kishilarning ro‘zasi qabul qilinish-qilinmasligiga aniqlik kiritdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Avvalo, bunday kishilarning ro‘zasi qabul bo‘lmasligi haqidagi gaplar islom diniga ziddir, deyiladi javobda. Odam qandaydir gunohlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa, bu u boshqa gunohlarni ham qilishi kerak, degani emas. Ro‘za tutayotgan kishi ba’zi gunohlarga ham yo‘l qo‘ysa, balki ro‘za tutgani uchun eng oliy mukofotga sazovor bo‘lmas, ammo oxiratda undan nima uchun ro‘za tutmaganligi haqida so‘ralmaydi, chunki u ro‘za tutish farzini ado etgan.

Namoz islom dinida ro‘zaga nisbatan muhimroq o‘rinni egallasa-da, namoz o‘qimaydigan kishiga «Ro‘za tutma», — deyish kerak emas. Namoz o‘qimasdan katta gunohga qo‘l urayotgan kishi ro‘za tutmaslik oqibatida yanada kattaroq gunohga botadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Namoz o‘qimagan kishining ro‘zasi qabul qilinadimi?