10:51 / 26.06.2017
8 177

Oka, bittagina kulgim boridi...

Oka, bittagina kulgim boridi...
KAFTINGDAN KO‘RAYMI Yo?..

Tolmasov bir kuni o‘zini juda yomon his qila boshladi. O‘ylab ham o‘tirmay do‘xtirga bordi.
— Qani, chap kaftingizni ko‘rsating-chi! — dedi vrach.
Tolmasov ko‘rsatdi.
— Obbo, — bosh chayqadi vrach, — Hayot chizig‘ingiz o‘ttiz yoshingizda tugarkan.
— Nima? — qo‘rqib ketdi Tolmasov. — Endi nima qilaman, do‘xtir?
— Hechqisi yo‘q. Biz hozir buni to‘g‘rilaymiz.
Vrach qo‘liga qizil qalam oldi-da, kaftdagi chiziqni uzaytirib qo‘ydi.
— Rahmat! — dedi Tolmasov sal o‘ziga kelib. — Endi… Haq masalasi… Qancha bo‘ladi, do‘xtir?
Vrach uning kaftiga bir nazar tashlab olgach, so‘radi:
— Oyiga qancha moyana olasiz?
Tolmasov qizarib-bo‘zarib qancha olishini aytdi.
— Shunaqami? — vrach qovog‘ini uyib sekin joyiga o‘tirdi.
— Do‘xtir, mendayam qolib ketmaydi. Qarzdorman oldingizda. Iltimos, bir ilojini qiling!
— Yaxshi. Qo‘lingizni bering!
Tolmasov unga qo‘lini uzatdi. Vrach qalam bilan chiziqni yanayam uzaytirib qo‘ydi.
— Qarang-a, mana buni qobiliyat desa bo‘ladi, — xursand bo‘lib narigi qo‘lini uzatdi Tolmasov. — Bunisiniyam ko‘ring-chi!..
— Bu kaftingizda umuman chiziq yo‘q.
— Ie, endi nima bo‘ladi?
— Bilmasam.
— Do‘xtir, bir narsa qiling!.. Qarzdorman…
— Bo‘pti, men sizni yo jahldor, yo mehribon odamga aylantirishim mumkin.
— Yaxshisi, mehribonga aylantiring!
Vrach Tolmasovning bu qo‘liga ham chizib qo‘ydi.
— Mana, bo‘ldi.
— Do‘xtir, ayollar… Masalasida qanday bo‘larkanman?
— Uylanganmisiz?
— Ha.
— Unda… Shundayligingizcha qolasiz.
— Boshqacharoq yo‘li yo‘qmikan-a?..
— Yo‘q, yo‘q. Boshimni qotirmang!
— O‘lay agar, uch martalab qarzdorman oldingizda. Bir ilojini qili-ing!
— Bo‘pti, faqat ilmiy tomondan…
Vrach uning kaftiga ikkinchi chiziqni o‘rnatdi.
— Bo‘ldimi?
— Bo‘ldi.
— Do‘xtir, sizga to‘rt marotaba qarzdor bo‘layli-ik!
— Uf-f, jonga tegdingiz-ku! Yana nima istaysiz?
— Xotinimning ikkala kaftidagi chiziqlarni o‘chirib beri-ing!


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oka, bittagina kulgim boridi...