12:03 / 16.07.2017
5 829

Xitoy aviakompaniyasi e’tiborni tortishning o‘ziga xos yo‘lini topdi

Xitoy aviakompaniyasi e’tiborni tortishning o‘ziga xos yo‘lini topdi
Xitoyliklar neft, gaz kabi qazilma boyliklari bilan maqtana olishmasa ham, dunyoning eng boy davlatlaridan biri hisoblanishadi. Ular o‘zlarining ishbilarmonliklari bilan shunday natijaga erishishgan. Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining aksari haqida shunday deyish mumkin. Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak o‘zining mashhur kitobida yozganidek: «Bizning aqlimizdan boshqa hech qanday boyligimiz yo‘q».

Xitoyning Hainan Airlines aviakompaniyasi odamlarning e’tiborini tortishning o‘ziga xos yo‘lini topdi. Kompaniya samolyot bortlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan xodimalar va uchuvchilar uchun maxsus kiyimlar dizayni e’lon qilindi. Laurens Xu tomonidan ishlangan liboslar dizayni g‘arb va sharq uyg‘unligida namoyon bo‘lgan. Aviakompaniya modalar taqdimotida qatnashishga ham ulgurgan. Dizayner Xitoy milliy liboslarini Evropanikiga uyg‘unlashtirib, ko‘pchilikning diqqatini tortdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Talabchan aviakompaniya rahbarlari dizayner Xudan 1000dan ziyod eskizlarni qabul qilishgan va shundan keyin shartnoma imzolangan. Hainan Airlines shu yo‘l bilan doimiy bitta aviakompaniya xizmatidan foydalanmaydigan «o‘zgaruvchan» mijozlar e’tiborini tortishni niyat qilgan.






Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xitoy aviakompaniyasi e’tiborni tortishning o‘ziga xos yo‘lini topdi