22:53 / 21.07.2017
14 399

Sovchilarga aniq javob bermasdan, «zapas»da ushlab turib, yana boshqa sovchilarni qabul qilish mumkinmi?

Sovchilarga aniq javob bermasdan, «zapas»da ushlab turib, yana boshqa sovchilarni qabul qilish mumkinmi?
Savol: — Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda bir qizga sovchi qo‘ygandim. O‘zi imonli, ilmli va 5 vaqt namoz o‘qiydi. Lekin qizning onasi onamga «Maslahat qilaylik», deb bir necha marta qaytarib kutishimizni aytibdi. Onam oxirgi borganda surishtirib, qiz tomon bizdan keyin yana 2 ta sovchilarni qabul qilganligini bilib qolibdi. Shunday bo‘lsa-da bizga na ijobiy, na salbiy javob bergan.

Boshqa sovchilarga biz xaqimizda aytganmi-yo‘qmi bilmaymiz, ular xam haligiacha kelishayotgan ekan. Ammo bu noto‘g‘riligini bilganim uchun onamga boshqa bormasligini aytdim. Chunki shariatda sovchi ustiga sovchi qo‘yish mumkin emasligini eshitgandim. Savolim shuki endi biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? Javob uchun oldindan rahmat. Hurmat bilan muxlisingiz.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: — Va alaykum assalom!
Sovchilar bir-birlarini bilmasdan sovchilik qilib qo‘ygan bo‘lsalar zarari yo‘q. Bu erda gap qiz tomonda bo‘lib, ular qizlarini kimoshdi savdosiga qo‘ygandek qilmasliklari kerak. Qiz tomon kimga berish o‘zining ixtiyori, qanday yo‘l tutish sizning ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sovchilarga aniq javob bermasdan, «zapas»da ushlab turib, yana boshqa sovchilarni qabul qilish mumkinmi?