Shimoliy irlandiyalik 13 nafar aka-uka va opa-singillar o‘z sog‘lig‘i va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning umumiy yoshi 1073 yilga teng, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Donelli oilasi Ginnessning rekordlar kitobiga joriy yilda kiritildi. Aka-ukalarning eng kattasi 93 yoshda bo‘lsa, eng kichigi – 72 ga kirdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, otalaridan uyqudan oldin “issiq nimanidir” iste’mol qilish odati o‘tgan.
"Kechki soat 22:00lar atrofida suli yormasi, ertalabki soat 7 da bo‘ladigan nonushtaga ham shu mahsulot. Suli, sut va biroz olma shinnisi", - deydi aka-ukalarning kichigi Jo.
Nashrning ta’kidlashicha, suli bo‘tqasi qon bosimi, xolesterin darajasini pasaytiradi, yurakni himoya qiladi hamda qandli diabetdan yaxshi profilaktikadir.
Donelli oilasi a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, ular butun hayoti davomida faqatgina tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilganlar: o‘z bog‘larida etishtirilgan meva va sabzavotlar, uy tuxumlari. Oilada nonni ham o‘zlari yopishgan, spirtli ichimlikni esa chetlab o‘tishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi