11:06 / 11.08.2017
10 468

Tushkunlikdan qutulishning 10 qoidasi

Tushkunlikdan qutulishning 10 qoidasi
Inson ko‘pincha uzluksiz ish yoki boshqa muammolar sabab o‘zini xorg‘in va charchagan holda his qiladi. Ba’zan fasl o‘zgarishi yoki hayotdagi ayrim tushunmovchiliklar ham bunga sabab bo‘ladi. Ana shunday paytlarda inson o‘zini o‘zi qo‘lga ola bilishi va tushkunlikka berilmasligi lozim.

Tushkunlikdan qisqa vaqt ichida xalos bo‘lishni istasangiz, rossiyalik psixologlar tomonidan tavsiya etilgan quyidagi 10 qoidaga amal qiling, ular sizga yordam berishi mumkin. Demak:

1. Har qanday holatda ham ruhingizni tushirmaslikka va «men kuchliman» deb, shunga o‘zingizni ishontirishga urining.

2. O‘zingiz xohlagan narsani amalga oshirishga (albatta, ijobiy bo‘lsa) garchi bu juda qiyin bo‘lsa ham, albatta harakat qiling.

3. Yoqimli va ko‘tarinki ruhdagi qo‘shiqlar tinglang.

4. Yoqtirgan taomingiz va yaxshi ko‘rgan mevalaringizni tanovvul qiling.

5. Latifalar va hajviy kitoblarni ko‘proq mutolaa qiling.

6. O‘zingiz yoqtirgan va ma’qul deb bilgan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning.

7. Eng yaxshi ko‘rgan insoningiz bilan dildan suhbat quring.

8. Odamlar bilan munosabatda ochiqchehra va samimiy bo‘ling.

9. Hech qachon o‘zingizni baxtsiz yoki omadsiz deb hisoblamang.

10. Orzularingizni avaylang, o‘zingizni yaxshi ko‘ring va hurmat qiling.

Ushbu qoidalarga rioya qilishga harakat qiling. Biror sabab ularning uddasidan chiqolmasangiz, xavotirga o‘rin yo‘q. Negaki, kayfiyatingiz qanday bo‘lishi bu birinchi navbatda o‘zingizga bog‘liq. Asosiysi, o‘zingizni yaxshi ko‘rishdan to‘xtamang. Shunda hayotning va umrning qadriga etasiz hamda imkoniyatlaringiz ko‘p va keng ekanligiga amin bo‘lasiz.


Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushkunlikdan qutulishning 10 qoidasi