21:30 / 24.08.2017
10 904

Munajjimlar bashorati: 25 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 25 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun muammolaringiz shu qadar tez va silliq hal bo‘ladiki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Moddiy ahvolingizdan ham xavotir olmasangiz bo‘ladi. Imkon topsangiz, kun davomida o‘sal yotgan qavmlar holidan xabardor bo‘ling va duolarini oling. Bemorlar va mazlumlar duosi ruhingizga qo‘shimcha quvvat beradi. Bugun yangi kasb egallash uchun tashlangan ilk qadam muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingizga bee’tibor bo‘lmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

25 avgust kuni oilangizdagilarning qaysidir biri bilan jiqillashib qolishingiz ehtimoli bor. Bunday vaziyatlarda aqlli insonlar tinchlik yo‘li bilan kelishuvlarga erishish uchun imkon qidiradi. O‘zingizni ham tashqaridan bir kuzatib oling, balki ayb sizdadir. Kechqurunga yaqin moliyaviy muammolar ham ijobiy hal bo‘ladi. Kechqurun maktabdosh do‘stlaringizdan biri haqida yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi. Sog‘lig‘ingiz yomonlasha borishini sezishingiz bilan darhol chorasini ko‘ring.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

25 avgust kuni kayfiyatingiz shu qadar ko‘tarinki bo‘ladiki, quvonib, kulib, mamnun tortib, yaqinlaringizga mehr ko‘rsatib charchamaysiz. Kechki payt esa juftingiz bilan orangizda jiddiy munozara bo‘lib o‘tishi mumkin. Agar hazil-mutoyibaga e’tibor qaratsangiz, munozara shunchaki shirin suhbatga aylanishi ham hech gap emas. Uxlashga yotishdan oldin iloji bo‘lsa, faqat bir bokal qatiq iching.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Tabiatingizda hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarni oshkor etish payti etdi. Aynan o‘sha xususiyatlar yordamidagina yangi tanishlar, tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar topishingiz mumkin. Boshqachasiga sira mumkin emas. Kun davomida yirik xaridlarga qo‘l urasiz. Ammo xijolat tortmang. Bugun moliyaviy jihatdan oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. Faqat salomatligingizni bir nazardan o‘tkazib olsangiz bas. Sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanishingiz bugun tavsiya etilmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

25 avgustda arslon burjida tug‘ilganlarning ayrimlari nihoyat mehnat ta’tiliga chiqishadi. Dam olishni shunday tashkil etingki, bu lahzalarni behuda kutmaganingiz shundoq ko‘rinib tursin. Daromadlar ham juda yaxshi bo‘ladi, ammo xarajatlar ham qolishmoqchi emas. Kechqurun tanangizda holsizlik alomatlari sezila boshlashi kutiladi. Shu sababli kechqurun jismoniy zo‘riqishlarni chetga surib qo‘ying. Ba’zilar bosh va tish og‘rig‘idan azob chekishlari mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun agressivlikdan nari bo‘ling. Aks holda uyingizdagilar bilan orangizda jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Kun davomida yirik xaridlarga qo‘l urishingiz kutiladi. Biroq xaridlarga qo‘l urishdan oldin zahiradagi pullaringizni nazardan o‘tkazing. Kuning ikkinchi yarmida kissavurlar ta’qibiga uchrashingiz xavfi bor, har bir qadamingizni sergaklik bilan tashlang. Oilasizlar muhabbatda aldanib qolishlari hech gap emas. Aql bilan ish ko‘ring. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar sog‘lig‘ini doimiy ravishda nazorat etib borishlari zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

25 avgust kuni tarozi burjida tug‘ilganlar ezgu ishlarni amalga oshirishga o‘zlarida moyillik seza boshlashadi. Ishoning, siz kichik bir ezgu ishga qo‘l ursangiz, bir olam ma’naviy ozuqa olasiz. Bo‘sh kelmang. Oila qurmaganlar bugun hadeganda ehtiroslar ketidan quvlayvermaganlari ma’qul. Taqdir hukmiga baribir qarshi borib bo‘lmaydi. Kechki payt ba’zilar xizmat safariga otlanishi mumkin. Tadbirkorlarga esa bugun tuziladigan shartnomalar omadsizlik keltiradi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ertalab ko‘zingizni ochishingiz bilan ishchanlik kayfiyatiga tushish uchun harakatni boshlang. Busiz ishingizda unum bo‘lmaydi. Baraka ham deyarli sezilmaydi. Qolaversa, ishchanlik kayfiyatisiz rahbarlaringiz siz egallab turgan lavozimni boshqaga berib yuborishlari turgan gap. Bugun daromad va xarajatlar deyarli baravar bo‘ladi. Shuning uchun xavotirga sira o‘rin yo‘q. O‘zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

25 avgustda negadir mustaqillik sari talpina boshlaysiz. Bu o‘zingiz uchun ham tushunarsiz. Ammo talpinaverasiz. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun tanlagan insoningizga muhabbatingizni qaysidir usul yordamida oshkor eting. Oilada paydo bo‘ladigan bahs-munozaralardan nariroq bo‘lishga intiling. Kechqurun juftingiz bilan miriqib suhbat qursangiz, kun davomida yig‘ilib qolgan asabiyliklar tuman kabi tarqab ketgan bo‘lardi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Kelajak haqida zinhor rejalar tuzmang. Bugun tuzilgan rejalar baribir amalga oshmaydi, barbod bo‘ladi. Pulingiz ko‘proq bo‘lishini xohlasangiz, berilib ishlang, yo‘l qidiring, harakat qiling, eling, yuguring. Pulingiz kamligidan birovlarga aslo ayta ko‘rmang. Kunning ikkinchi yarmida uncha uzoq bo‘lmagan manzilga ish yuzasidan borib kelishingiz mumkin. Ba’zi do‘stlarimiz oshqozon og‘rig‘i yoki shamollashdan bezovta bo‘lishlari kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

25 avgustda ommaviy tadbirlardan biriga taklif etishadi. Albatta boring. Pul masalasida yuqori cho‘qqilarni egallashingiz uchun hali fursat bor. Lekin pulsiz ham qolib ketmaysiz. Xarajatlarni kamaytirib turishingizga to‘g‘ri keladi xolos. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzlarini qaytarishlari mumkin. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. G‘iybat ustalaridan nariroq bo‘ling. Ruhiyatingizga ziyon etkazib qo‘yishmasin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Baliq burjida tug‘ilganlar bugun orzular dengizida suzib, bir-biridan zalvorli quvnoq lahzalarga guvoh bo‘lishlari kutilmoqda. Ishda ham, muhabbatda ham bir-biridan yorqin vaziyatlar siz uchun xizmat qiladi. Xayriya, reklama va yangi loyihalar tuzish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Agar anchadan beri uy ta’miri bilan shug‘ullanish istagida yurgan bo‘lsangiz, bugun ayni vaqti.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..