18:33 / 25.08.2017
10 372

Munajjimlar bashorati: 26 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 26 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

26 avgustda qo‘y burji vakillarini o‘ziga xos sinovlar kutadi. Garchi ilgari bajarilgan ishingiz uchun mukofotini olgan bo‘lsangiz-da, bugungi murakkab amallar sizdek professionalni ham dovdiratib qo‘yishi mumkin. Asosiysi, taqdir sizga in’om etishi mumkin bo‘lgan barcha ezguliklarga ega chiqishga harakat qiling. Salomatligingizda muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Faqat kechqurun taom iste’moli masalasini qayta o‘ylab olsangiz bas. Uxlashdan oldin kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Har bir ko‘zlangan maqsad sari yo‘l olganingizda, professionallik jihatlaringizdan unumli foydalaning. Basharti biror ishda tavakkalchilikni ma’qul ko‘rsangiz, bu amalning oqibati haqida obdon mulohaza qiling. Tadbirkor bo‘lsangiz, yana bir katta ishga pul tikishingiz ehtimoli bor. Muhabbatda bugun sizga omad kulib boqmoqchi emas. Kechqurun ba’zi birovlarning xonadonida chaqaloq yig‘isi yangrashi kutiladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

26 avgust kuni har bir mayda-chuyda ish yoki hodisadan manfaatlaringiz uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan jihatlarni qidiring. Shaxsiy hayotda kun bo‘yi juda sergak bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Ijodkor bo‘lsangiz, kunning ikkinchi yarmida muxlislaringizdan biri shantaj qilishga urinib ko‘radi. Unga nisbatan sovuqqon munosabatda bo‘ling, aks holda chuv tushib qolishingiz mumkin. Asabbuzarliklardan iloji boricha nariroq yuring, hech kim bilan janjal qilmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Tijoratchilar bugun oldindan tuzgan reja asosida ko‘zlangan daromadga ega bo‘la olmasliklari mumkin. Lekin kissangiz qashshoqlikka ham moyil emas. Qora qozon albatta qaynaydi. Bugun ish joyini hamda yashash manzilini o‘zgartirishga kirishganlar muvaffaqiyatga erishadi. Moliyaviy ahvolingiz tobida, shunday ekan, xaridlarni amalga oshiraversangiz bo‘ladi. Baribir tejamkorlik haqida unutib qo‘ymang. Kechqurunga yaqin depressiya xavf solish ehtimoli bor. Chorasini ko‘rib qo‘ymasangiz bo‘lmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

26 avgustda avval shaxsiy hayotingiz haqida qayg‘uring. Ishingizga shu qadar berilib ketasizki, nuqul yaqinlaringiz uchun vaqt ajrata olmaysiz. Buning oqibati aniq. Qavmlar va juftingiz bilan o‘zaro munosabatlaringiz sovuqqon tus oladi. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishida badavlat tanishlardan biri yordam berishi kutilmoqda. Sog‘lig‘ingizni asrang, asabiyliklardan uzoq bo‘ling. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kayfiyatingiz sof romantik darajada bo‘ladiki, u sizni yaxshi insonlar davrasiga olib kiradi. Bu davrada ko‘plab yoqimli lahzalar, shirin suhbatlar, hatto moddiy manfaatdorlikka ega bo‘lasiz. Shaxsiy hayotda ekstremal harakatlar sodir etmang, bu harakat sizga qimmatga tushishi mumkin. Moliyaviy masalada ham ahvolingiz a’lo bo‘ladi. Kechqurun plastik kartochkangizga pul kelib tushishi kutilmoqda.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

26 avgust kuni erta tongdan nima ish qilishingiz mumkinligini xayolan xomcho‘t qiling va bir qarorga kelganingizdan keyin shu ishning rejasini puxtalang. Loqayd va kalta fikrlash faqat omadsizlik olib keladi. Juftingizning injiqliklariga xolis baho bering. Har bir harakatingizni tezkor holatda sodir eting. Kechqurun serqatnov yo‘llarda juda ehtiyot bo‘ling. Kun davomida ba’zi og‘ziga kuchi yetmaganlar g‘iybatingizni qilganidan xabar topishingiz kutiladi. Ularni sukut saqlash yo‘li bilangina yenga olasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Mavjud majburiyatdan ham ortiqrog‘ini yelkangizga orting. Chunki bugungi holatingiz havas qilsa arzirli ko‘rinishda bo‘ladi. Tog‘ni ursangiz, tolqonini chiqarar darajada kuchlisiz. Mabodo o‘zingizga yoqqan buyumni sotib olmoqni ixtiyor aylasangiz, avval katmonni bir ko‘zdan o‘tkazib oling. Sababi o‘zingizga ham ayon. Pulsiz qolish nimalarga olib kelishini bilasiz. Muhabbatda oila qurmaganlar bugun ikki odamdan birini tanlashlari zarur bo‘ladi. Tanlashda aslo xatoga yo‘l qo‘ymang. Juda bo‘lmasa, qalbingizga quloq tuting, u aldamaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

26 avgust kuni tezkorlik yetishmasligi sizga azob berishi tayin. Kunning birinchi yarmida ilgarigi muammolar, ishlarni uddalay olmay qiynalasiz. Moddiy jihatdan esa sizga badavlat tanishlardan biri yordam berishi mumkin. Bu ham qanday so‘rashingiz, intilishingizga bog‘liq. Jamiyatda obro‘yingiz yanada oshishi uchun optimistik ruh bilan yashang, muloqot qiling. Bugun oila qurmaganlar juft tanlash bobida muvaffaqiyatga erisha olmasliklari tayinroq bo‘lib turibdi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Har bir lahzaning qadriga yeta olsangiz, har jabhada me’yorlarga amal qilsangiz, kuningiz juda quvonchli va totli o‘tadi. Ko‘ngilsizliklar kutilmaganda umuman begona odamlar tarafidan siz tomonga itqitilishi mumkin. Buning ham oldini olib qo‘ying. Xarajat va daromadlar 26 avgust kuni mutanosib keladi. Nima bo‘lganda ham oziq-ovqat mahsuloti sotib olishda tejamkorlikni unuting. Bu salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hech gap emas.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

26 avgust kuni dam olsangiz kerak. Shunday bo‘lib chiqsa, do‘stlar bilan toqqa chiqing-u, kabobxo‘rlik qiling, soylarning zilol suvida miriqib cho‘miling, oltinga teng toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling. Tijoratchi bo‘lsangiz, daromaddan sira xavotir olmang, tobida bo‘ladi. Ammo yangi ish uchun bugun pul tikmang. Shaxsiy hayotingizda osudalik va ahillik hukm surishi kutilmoqda.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

26 avgust kuni faqat bugungi kun bilan yashang. Hadeganda oldinga intilib, kelajak rejalar tuzishdan tiyiling. Shundoq ham ishxonangizda obro‘yingiz, o‘rningiz a’lo darajada. Yaqin kelajakda mavqeni oshirib olishingiz ham sir emas. Nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat qalb sadosiga quloq tuting. Agar ertalabdan asablaringiz tarang tortgan holatda bo‘lsa, ularni ko‘chaga chiqib ketayotib ostonada qoldirib keting. Shunda salomatligingizga putur yetmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..