08:30 / 03.09.2017
7 388

Qanday qilib ishdan rohatlanib ishlash mumkin

Qanday qilib ishdan rohatlanib ishlash mumkin
Ko‘pchiligimiz juda ko‘p vaqtimizni ishda o‘tkazamiz. Shu bois, rohatlanib ishlash hayotimizdan qoniqishimiz uchun muhim sabab hisoblanadi. Bundan tashqari karyeramiz va har kunlik mehnatkashligimiz ham shunga bog‘liq. Ishingizdan rohatlansangiz — omadingiz bor ekan, aks holda-chi? Bunday vaziyatda nima qilish kerak:

Kim aybdor?

Rahbaringiz va ish beruvchi sizga zo‘r ish muhiti, zarur qo‘llab-quvvatlash, ishdan qoniqish hosil qilish uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olganda ham, yakuniy natija baribir o‘zingizga bog‘liq. Shunda, buning uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olishga tayyormisiz?

Qilayotgan ishingizni nima uchu qilyapsiz?

Ko‘pchilik xodimlar faqatgina pul uchun ishlashmaydi. Umumiy qilinayotgan ish uchun o‘z hissasini qo‘shish — har bir xodim uchun juda muhim.

Balki, kompaniyaning eng katta maqsadlarini anglab yetish siz uchun aynan kerak narsadir. O‘ylab ko‘ring, ish uchun siz nega kerak? Jamoaga qo‘shilgach, nima qila olishga ulgurdingiz? Endi kengroq o‘ylaymiz, ishga kelib har kun qiladiganlaringiz, kompaniya eng katta maqsadlariga erishishi uchun qanday yordam beradi?

Faqat sizning o‘zingizda buni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Boshqa hech kim qila olmaydi. Agar siz kompaniyaning katta maqsadlarini anglab yetib, har kun qiladigan ishlaringiz unga yetaklasa, shunda ishingizdan qoniqish hosil qilasi. Bu shunchaki biror yangi narsalarni o‘rganishni boshlash ham bo‘lishi mumkin.

Deylik siz dasturchisiz va chet tilini bilmaysiz, lekin kompaniya chet el bilan ishlashni xohlaydi. Shu vaziyatda uzoq muddatda bo‘lsa ham chet tilini har kun o‘rganishni boshlasangiz, bunda kompaniya uchun o‘z hissangizni qo‘shayotganingizni seza boshlaysiz va til o‘rganishingiz hamda yashashingiz ham zavqli bo‘ladi.

Maqsad va vazifalaringizni yodda saqlang

Kundalik yumushlaringiz bilan qisqa va uzoq muddatli karyerangizga qanday o‘zgarishlar qila olasiz? Masalan, qandaydir ishni amalga oshirsangiz, u kelajak karyerangizga foyda keltirishi mumkin. Deylik, biror katta mijoz bilan shartnoma imzolash va uni amalga oshirish — rezyumengizni yaxshigina bezaydi. Shu bilan birga ish jarayonida tanishiladigan yangi odamlar ham kelajak aloqalar uchun qo‘l keladi.

Biror yangi narsalarni o‘rganing

Upskilling (ish qobiliyatlarini oshirish) — bu karyerada ko‘tarilish, ishdan rohatlanish uchun to‘g‘ri yo‘l. Ishingizda sizga eng yoqadigan narsa nima? Undagi bilimlaringizni kengaytirish mumkinmi?

O‘rganishning juda ko‘plab turlari mavjud. Rahbaringiz bilan biror kursda o‘qishni maslahatlashib ko‘rishingiz, maqolalarni o‘qib borishingiz, kitoblar o‘qish yoki onlayn video-darslar tomosha qilish, vebinarlarda qatnashishingiz mumkin. Shunday qilib, juda qisqa muddatda yangi bilimlaringiz ishga bo‘lgan muhabbatingizni oshirayotganini his qilasiz.

Yangi maqsadlar qo‘ying

Odatiy ishdan charchagan bo‘lsangiz, yangi imkoniyatlar izlang. Rahbaringizdan yangi vazifalar yoki loyihalar berishini so‘rang. Ular sizni komfort hududingizdan chiqara olsin.

Komfort hudud — bu kishining odatiy ishlarga o‘rganib qolishi, olayotgan daromadi o‘ziga yetarli bo‘lishi va bu unga yoqishi. Agar shu hududdan chiqib, qiyinchiliklarga bardosh bera olsangiz, yangi marralarga erishasiz. Masalan, ko‘proq daromad topish mumkin bo‘ladi. Biznesda katta ishlar shu hududdan chiqqanda, amalga oshadi.


Negativ vaziyatlardan uzoqroq bo‘ling

Agar hamkasblaringiz yoki umuman tarofingizda negativ fikrli, janjalkash, sizga yomon ta’sir qiladigan odamlar bo‘lsa, ulardan uzoqroq bo‘ling. Ularning gapi yoki qilgan ishi sizning maqsadlaringizni sindirishi mumkin. Agar uzoqroq yurish iloji bo‘lmasa, professional bo‘ling, ruhan tayyorlanib, negativ fikrlarni o‘zingizga yaqinlashtirmang.

Ish va turmush o‘rtasida balans hosil qiling

Agar ishdan o‘z vaqtida keta olmasangiz yoki tunda, dam olish kunlarida ham undagi muammolar haqida o‘ylayversangiz, ishingizdan rohalanmasligingiz tabiiy. Ish va undan tashqari hayotni balansga keltirishga harakat qiling.

Ishdaligingizda necha soat foydali bo‘lishingiz haqida o‘ylab ko‘ring, agar ko‘p vaqt bekorga ketayotgan va og‘irlik qilayotgan bo‘lsa, rahbariyat bilan gaplashish va sizning ishdan charchab qolayotganingiz yoki foydasiz ish vaqti hech bir tomonga yaxshilik olib kelmasligini tushuntiring.

Xulosa qilib aytganda, qanchalik kerakli xodimligingiz va ish vaqtingizga nazar soling, ishda ruhlantiradigan vaziyatlarni toping va biror yangi narsani sinab ko‘rishdan qo‘rqmang.

Manba: Like it

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib ishdan rohatlanib ishlash mumkin