17:08 / 04.09.2017
8 058

5 soniya qoidasi sizga har qanday ishni boshlashga yordam beradi

5 soniya qoidasi sizga har qanday ishni boshlashga yordam beradi
Bor-yo‘g‘i beshdan birgacha sanash orqali siz ishni boshlashingiz yoki biron narsaga qaror qilishingiz mumkin.

Bu qanday qoida?

5 soniya qoidasi shundan iboratki, harakat qilishni boshlashdan oldin beshdan birgacha sanash kerak bo‘ladi. Shunda siz hatto xohishingiz bo‘lmagan yoki biron-bir sababsiz ham ishlarni bajara olishingiz mumkin.

U qanday ishlaydi?

Balki bu usul sizga kulgili va haqiqatdan uzoqroq bo‘lib ko‘ringandir. Lekin tajribalar buning aksini ko‘rsatmoqda.

5 soniya qoidasining samaraliligini shunday tushuntirish mumkin:

Siz sanashni qaysidir harakatni bajarishga bog‘laysiz. Birgacha sanab bo‘lganingizdan so‘ng, buni ongli ravishda marra chizig‘i deb qabul qilasiz. Agar siz «Olg‘a!» yoki «Boshladik!» deb xitob qilsangiz bu ishga kirishishingizga yanada ko‘proq yordam beradi.

Agar siz sanab bo‘lgandan keyin darhol ishga kirishaman deb o‘zingizga so‘z bersangiz, bu sizga kerakli quvvat turtkisini beradi.

Uni qanday qo‘llash kerak?

Klassik misol — soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha turish. Uni har 5 daqiqada takroran jiringlashga qo‘yishning o‘rniga, 5 dan birgacha sanang va o‘ylab o‘tirmasdan darrov joyingizdan turing.

Aslida, besh soniya qoidasi sizga hayotning hamma sohalarida kerak bo‘ladi. Masalan uni quyidagi hollarda qo‘llashga harakat qiling:

  • agar o‘zingizni tuta olmay kimgadir baqirib yuborishingiz mumkinligini sezsangiz. Shundan keyin siz tinchlanasiz, suhbat ohangi ijobiy tomonga o‘zgaradi;
  • qandaydir loyihani boshlay olmayapsiz. Agar siz o‘zingizni diplom ishiga kirishishga majburlay olmayotgan bo‘lsangiz, birgacha sanang, hujjatni oching va yozishni boshlang.


Yo‘lning eng qiyin qismi — bu birinchi qadam ekanligini unutmang. Keyin siz qilayotgan ishingizga moslashasiz va bu vazifalardan qo‘rqmay qo‘yasiz.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 5 soniya qoidasi sizga har qanday ishni boshlashga yordam beradi