07:42 / 06.09.2017
9 357

Munajjimlar bashorati: 6 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

6 sentyabr kuni ish joyingizda vaziyat haddan tashqari chigallashib borayotganini payqay boshlaysiz. Lekin buning sababini surishtirib ovora bo‘lmang. Shaxsiy hayotingiz va moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish juda og‘ir kechishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safari bilan qo‘shni shaharga borishingiz kutiladi. Bugun sport bilan shug‘ullanish, bilim olish muvaffaqiyatli kechadi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun o‘tgan kunlarda bajarilmay qolib ketgan ishlarni yakunlashga kirishing. Shaxsiy hayotingizda esa sokinlik va ahillik hukm sura boshlaydi. Muhabbatda o‘ta talabchanlik sizga ziyon keltiradi. Sog‘lig‘ingizga bugun jiddiy munosabatda bo‘ling. Tijoratchilar ham sergak bo‘lishlari talab etiladi. Kechga yaqin raqobatchilarning paytavasiga qurt tushishi mumkin. Kechqurun oilaviy hayotingizga taalluqli yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

6 sentyabr tadbirkorlar yaqin hamkorlarga nisbatan munosabatni yanada iliqlashtirishlari shart. Aks holda hamkorlikka putur yetishi turgan gap. Shubhasiz, xuddi shu narsa moliyaviy yo‘qotishlarga zamin yaratadi. Oilangizda yaqinlar bilan aslo janjallasha ko‘rmang. O‘zingiz oxir-oqibat aybdor bo‘lib qolasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Kun davomida quyosh tig‘ida ko‘p yurishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ayron iching. Ayron tanaga o‘rnashib olgan radiatsiya nurlarini haydab solishda juda muhim ichimlik hisoblanadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Allakimlar ertalabdanoq ichki sirlaringizni bilishga, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, siringizni ochishga harakat qiladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun siz go‘yo razvedkachi rolini ijro eta boshlashingiz lozim. Ish joyingizda esa aksincha barcha yashirin iste’dodingizni hamkasblarga qo‘rqmasdan oshkor etavering. Hurmatingiz, obro‘yingiz, mavqeingiz ortadi. Kun davomida allergiya va oshqozon og‘rishi bezovta qilib o‘tishi mumkin. Oldini olib kerakli dorilarni ichib oling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

6 sentyabr kuni ko‘proq vaqtingizni dam olishga, kelajak haqida rejalar tuzishga ajrating. Anchadan beri qiynab kelayotgan muammolar bo‘lsa, do‘stlar ko‘magidan foydalaning. Iloji boricha sizga ruhan zavq bera oluvchi ishlar bilan band bo‘ling. Sevimli xobbingizga qaytsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan ro‘zg‘or masalasida bahslashib qolishingiz kutilmoqda.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun kuningiz muvaffaqiyatlarga erishishdan boshlanadi. Moliyaviy ahvolingiz tushgacha bormay yaxshilanadi. Sira kutilmaganda kimdir sizga serdaromad ish taklif etadi. Bu taklifni ham qabul qilsangiz bo‘ladi. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan bahslashishingiz tufayli depressiya holatiga tushishingiz ehtimoli bor. Asabiyliklar tinkangizni quritib qo‘yishi turgan gap. Asabni asrang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

6 sentyabr kuni uydagilaringiz bilan sizning orangizda kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Bu muammoni yolg‘iz bartaraf etishingiz lozim. O‘zgalar aralashsa, janjal battar kuchayishi hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishingiz ehtimoli sezilyapti. Ammo shaxsiy avtomobilingizda safarga chiqmasligingiz tavsiya etiladi. Jarohat olishingiz xavfi bor. Kechqurun uxlashdan oldin qatiq ichsangiz, tushlaringiz shirin kechadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Uyda ham, ishxonada ham atrofdagilarni hurmatlagan holda, nimaiki ishga qo‘l urmoqchi bo‘lsangiz, ular bilan maslahatlashing. Mavqeingiz ortishi yo‘lida jiddiy to‘siqlar mavjud. Ularni yengib o‘tish uchun siz sabrli va kuchli iroda egasi bo‘lishingiz kerak. Bugun katta biznesga pul tikish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun yolg‘iz qolib, ruhan dam oling. Foydasi bo‘lmasa-da, shirin xayollar ummonida suzing. Kun davomida g‘iybatchi va ko‘ngli qoralar bilan iloji boricha suhbat qurmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

6 sentyabrda o‘tgan oy o‘lja-jo‘lda qolib ketgan ishlar yana ko‘ndalang keladi. Ular ham shaxsiy, ham moliyaviy masala bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Iloj qancha, bajarishingizga, muammolarni eskiligiga qaramay, ijobiy hal etishingiz lozim. Bu ham bugun cho‘ntagingiz pulga to‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Oilasizlar bugun juda yoqimli lahzalarni boshdan kechirishadi. Haqiqiy romantika sizga ma’naviy oziq ulashishi tayin. Bugungi kun yaqin insonlarga ajoyib sovg‘alar xarid qilish va sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanish uchun juda qulay kechadi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun lavozimingiz ko‘tarilishi uchun juda qulay vaziyatlar paydo bo‘ladi. Agar astoydil harakat qilmasangiz, quruq qolishingiz tayin. Juftingizni rashk qilishdan tiyiling. Unga ishoning. Ishonishga harakat qiling. Basharti moliyaviy masalada muammolar ko‘ndalang kelsa, darhol badavlat tanishlarga murojaat eting. Salomatligingizni tashqi ta’sirlardan himoya qiling. Nimaiki ishga qo‘l ursangiz, faqat qalb amriga bo‘ysuning.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

6 sentyabr kuni shaxsiy hayotingiz va professional kasbingiz bilan bog‘liq madaniy tadbirlar tashkil eting. Shu yo‘l bilan ezgu maqsadlarga erishish harakatida bo‘ling. Juftingiz bilan muloqotda mayda-chuyda gap-so‘zlarga erk bermang. Moliyaviy muammolaringiz kechgacha ijobiy hal bo‘ladi, kissangiz pulga to‘ladi. Ammo sizdan qachonlardir qarz olganlarga yana bir bor qarzni qaytarish kerakligi haqida eslatib qo‘ying.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ish va pul bilan bog‘liq muammolarni birinchi navbatda bajaring-u, ammo ish bajarishda jamoaviy tarzda harakatlar sodir eting. Oila qurmaganlar bugun kunning ikkinchi yarmida romantik tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Bu tanishuv kelgusida jiddiy munosabatlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kechga qadar ko‘proq vaqtingizni toza havoda sayr qilish va suzish mashqlariga bag‘ishlang. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?