21:42 / 06.09.2017
8 322

Munajjimlar bashorati: 7 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 7 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Qanday ishga qo‘l urmang, bugun ertalabdan ruhan kuchli bo‘lishingiz kerak. Busiz omadga erisha olmaysiz. Ish joyingizda sizga qo‘shimcha ishlarni ishonib topshirishlari mumkin. Demak, kechqurun qo‘shimcha daromad olishingizga kafolat bor. Oilasizlar bugun kunning birinchi yarmida bo‘lg‘usi juftini uchratishlari mumkin va darrov birga yashash haqida qayg‘ura boshlaysiz. Agar u inson sizga haqiqatan yoqib tushgan bo‘lsa, avvalo ota-onalarning ruxsatini olish lozim bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

7 sentyabr siz uchun juda qiziqarli kechishi kutiladi. Yangi tanishuvlar sizga ruhan madad beradi, kayfiyatingizni ko‘taradi. Balki shu tanishganlaringiz kelajakda yuqori lavozimga erishishingizda asqotib qolar. Moliyaviy masalaga kelsak, muvaffaqiyatsizliklarga uchrashingiz, kunduzi katta ko‘chada yo bozorda pul o‘g‘irlatishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun odam ko‘p to‘planadigan joylardan o‘zingizni olib qochganingiz ma’qul. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

7 sentyabr kuni tadbirkorlarga shubhali tuyulgan hujjatlarga imzo chekmaslik tavsiya etiladi. Ba’zilar o‘zidagi noyob qobiliyat, iste’dod tufayli kun davomida o‘ta serdaromad ish topishlari ham ehtimoldan xoli emas. Qizlar, ayollar kunning ikkinchi yarmida go‘zallik saloniga borib kelishlari mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ko‘cha ovqatini iloji boricha iste’mol qilmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Eng yaqin insonlar, do‘stlar, qarindoshlardan ruhan uzoqlashmang. Doimo ular ko‘z o‘ngingizda, xayolingizda bo‘lsin. Shunda ruhiyatingiz mustahkam bo‘ladi va bu narsa muammolarga qarshi kurashda juda asqotadi. Kechki payt qachonlardir o‘zingiz ko‘ngil qo‘ygan inson bilan tasodifan uchrashib qolishingiz mumkin. Ehtiros, tuyg‘ular va emotsiyani jilovlagan holda yuzaki suhbatlashib qo‘ya qolishingiz tavsiya etiladi. Aks holda oilaviy hayotingiz izdan chiqib ketishi turgan gap.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

7 sentyabr kuni ruhiy va jismoniy mutanosiblikka erishgan holda harakatlar sodir eting. Kuchingiz ko‘p bo‘lsa-yu, ruhiyatingiz tushkun bo‘lsa, ishlaringiz unmaydi. Juda bo‘lmasa, yoga va meditatsiya bilan shug‘ullanib ko‘ring. Kayfiyatingizda o‘zgaruvchanlik ko‘zga tashlanishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymang, salomatligingizga putur yetishi mumkin. Kechqurun sizni xizmat safariga jo‘natishlari kutiladi. Bosh tortmang, yo‘qsa, rahbarlar ishdan haydab solishgacha borishi hech gap emas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Tijoratchi yoki tadbirkor bo‘lsangiz, avval boshidan siz bilan birga aravani tortishgan odamga yanada qattiqroq ishona boshlang. U rosmanasiga sizni qo‘llashga, sizga ko‘mak berishga tayyor turadi. Xiyonat, aldov haqida o‘ylashni ham istamaydi. Shaxsiy hayotda begonalar bilan yuzaga keladigan qisqa muddatli ishqiy sarguzashtlardan voz keching. Bu yaxshilikka olib bormaydi. Undan ko‘ra, juftingizga yaxshilab razm soling. U sizni yeru ko‘kka ishonmaydi. Kerak bo‘lsa siz uchun jonini fido qiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

7 sentyabr kuni o‘zingizni tutishingizda, ichki olamingizda konservatizm yuz ko‘rsata boshlaganini his etasiz. Xayolingizda hamma sizni aldayotgandek, sizni yomon ko‘radigandek tuyula boshlaydi. Bu charchoq tufayli bo‘lishi ham mumkin. Biroz vaqt topib dam olsangiz, o‘tib ketadi. Internetdagi yozishmalarda juda sergak bo‘ling. Kimlardir sizni chuv tushirishni xayol qilgan bo‘lishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Velosipedda sayr qilsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kun davomida o‘zingizga xos kamchiliklarni bartaraf etish harakatida bo‘ling. Tabiatan boylikni ma’naviyatdan ustun qo‘yadigan odamsiz. Endi ular o‘rnini almashtirish payti yetdi. Atrofdagilar bilan muloqotda asosan tinglovchi rolini ijro eting. Bo‘lmasa, kim bilandir daf’atan bahslashib qolasiz-u, o‘rtada janjal chiqadi. Bu ro‘zg‘oringizdan barakani qochiradi. Salomatligingiz kechga borib biroz yomonlashuvi kuzatiladi. Lohaslikdan qiynala boshlaysiz. Bu holatga kofe barham bera oladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

7 sentyabr siz uchun ancha yoqimli va xotirjam kechishi kutiladi. Ikkiyuzlamachilar va firibgarlardan nariroq yuring. Sevimli mashg‘ulotingiz bilan qisqa vaqt bo‘lsa-da, mashg‘ul bo‘ling. Bu sizga ruhan yetuklik va ko‘tarinkilikni hadya etadi. Moliyaviy ahvolingiz kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Kechqurun ish yoki o‘qishdan qaytayotganda, yaqin insonlar uchun sovg‘alar xarid qiling. Uxlashga yotishdan oldin yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Yulduzlar bugun atrofdagilarga emas, qalbingizga quloq tutishni maslahat berishmoqda. Rahbarlar sizga juda muhim ishni ishonib topshirgan bo‘lsa, faqat qalbingizgina to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Shunda bu ishni kechga qadar bemalol uddalab ulgurasiz. Hamkasblar orasida yoshlar, tajribasi kam xodimlar sizdan yordam yoki maslahat so‘rasa, rad etmang. Bu ishingiz sabab bo‘lib hamkasblar orasida hurmatingiz bir necha pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. Salomatlikdan bugun shikoyat qilmaysiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

7 sentyabr qovg‘a burjida tavallud topganlar uchun quvnoq, xayrli kun bo‘ladi. Barcha muammolar xamirdan qil sug‘urgan kabi oson bartaraf etiladi, ishda unum va baraka mo‘l bo‘ladi. Faqat hamkasblarga maqtanib qo‘ymang, ko‘z tegadi. Hamkasblaringiz orasida hasadgo‘y va g‘iybatchilar yo‘q emas. O‘shalarning balosiga qolib ketishingiz hech gap emas. Shaxsiy hayotda rashk balosiga yo‘l bermang, hammasi yaxshi bo‘ladi. Asablarni ehtiyot qiling. Kechqurun gazlangan suv yo ichimliklar ichishdan saqlaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Muhabbatda haqiqiy illyuziya sizga hamroh bo‘ladi. O‘zingizni xuddi o‘zga sayyoralarda parvoz qilayotgan kabi yengil his eta boshlaysiz. Ishda esa qisqartirishlar boshlanish ehtimoli bor. Lekin sizdek tajribali va mehnatsevar xodimlarga qisqartirishlar taalluqli bo‘lmaydi. Qon bosimingiz kun bo‘yi ko‘p bora bezovta qilishi mumkin. Achchiq ko‘k choy ichib yurishingiz tavsiya etiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?