20:51 / 18.09.2017
8 736

Maqsadga erishish yo‘lidagi 7 qadam

Maqsadga erishish yo‘lidagi 7 qadam
2003-yil fevralida USA Today nashri bir qiziqarli izlanishlarning natijasini e’lion qildi. Ungacha 1 yil avval ishtirokchilar o‘z oldilariga yil davomida erishadigan maqsad qo‘ydilar. Uni yozib qo‘ymaganlarning bor yo‘g‘i 4 foizigina oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishdilar. Yangi yil boshida o‘z maqsadlarini yozib qo‘ygan qatnashchilarning 46 foizi o‘z madsadiga yetishgani ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tadqiqot, shunchaki maqsad qo‘yish kifoya emasligini ko‘rsatdi. Unga yetishish uchun aniq reja zarur. Rejalaringizni amalga oshirishga ko‘mak beruvchi formulalardan foydalaning.

7 qadam formulasi

1-qadam


Biror sohada faoliyatingiz davomida nimaga erishmoqchi ekanligingizni aniqlang. Uni yaxshi tushunib olgach, detallarigacha qog‘ozga tushiring. Bu orqali siz o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘yib, u tomon intilasiz.

2-qadam

Maqsadga erishish uchun dedlayn (belgilangan muddat) qo‘ying. Agar u katta vaqtni talab qilsa, uni qismlarga bo‘ling. Har bir bo‘lingan maqsadlarga ham aniq muddat belgilang.

3-qadam

Maqsadingizga erishish uchun nimalar talab qilinishining ro‘yhatini tuzing. Uni kerak bo‘lganda to‘ldirib boorish mumkin.

4-qadam

Rejangizdagilarni bajarishga kirishing. Ular uchun nima kerak bo‘lishini aniqlang. Ba’zi ishlar boshqasiga bog‘liq bo‘lib, birini bajargachgina boshqasiga yo‘l ochilishi mumkin. Ularning davomiyligiga e’tibor qarating.

20/80 qoidasini, yani 20 foiz kuch berish, 80 foiz natijaga olib kelishini yodda saqlang. Sizga katta foyda keltirmaydigan mayda ishlarga bog‘lanib qolmang.

5-qadam

Maqsadga erishishingizga xalaqit beruvchi to‘siqlarni aniqlang. Sizda biror axborot haqida yetarlicha bilim bo‘lmasligi mumkin. Cheklovchi faktorlarni qisqartirishga va zarur natijani olishga harakat qiling.

6-qadam

Avvalgi qadamlardan so‘ng zudlik bilan ishga kirishing. Intuitsiyangizga ishoning va maqsadga yaqinlashtiruvchi ishni qiling. Muhimi – zarur yo‘nalishda harakatlanish.

7-qadam

Har tongda kuningizni rejalashtirish va maqsadingiz tomon yetaklovchi biror ish qilishni maqsad qiling. Shunda siz ijobiy natijalarni ko‘rasiz. Natijada har kun oldinga tomon harakatlanish osonlashadi.

Manba: Like It

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Maqsadga erishish yo‘lidagi 7 qadam