11:13 / 22.09.2017
8 313

Kayfiyatimizni ko‘tarish uchun 10 maslahat

Kayfiyatimizni ko‘tarish uchun 10 maslahat
Agar sizda bir nechta muommolar yoki ayrim sabablar tufayli kayfiyatingiz tushib ketgan bo‘lsa va qanday qilib kayfiyatingiz ko‘tirish yo‘llarini topaolmiyotgan bo‘lsangiz ushbu tavsiyalarni to‘liq o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

1) Siz doim yaxshi kayfiyatda bo‘lishga xarakat qiling hamda o‘zingizni boshqarishni o‘rganing. Xar-xil ko‘ngilsizliklardan nohaqliklardan hafa bo‘lmang. Eng muhimi yaqin insonlaringiz bilan janjallashmang ularni kechiring va kechirimli bo‘ling. Xushmuomilali bo‘ling bu sizga faqat va faqat foydadan holi emas.

2) Dunyoga yaxshi ko‘z bilan boqing va hazillar qilib turing. Eng qiyin vaziyatlarda ham o‘zingizni yaxshi his eting va tabassum bilan yengishga harakat qiling. (O‘zingizga bu ham o‘tib ketadi deb ayting)

3) Uyda yolg‘izlikda o‘tirishni bas qiling, bu dunyoga boshqacha ko‘z bilan boqing va do‘stlaringiz hamda yaqin insonlaringiz bilan muloqat qiling, bu sizni kayfiyatingizni ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Bu isbotlangan.

4) Hayotingizga yangilanish olib kiring. Psixologlar tavsiyasiga ko‘ra, har kuni bir xil takrorlanadigan odatlaringizni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turing — masalan, o‘zingizga qiziqarli bo‘lgan hobbilar o‘ylab toping, kiyinish stilingizni o‘zgartiring.

5) Dam olishni o‘rganing. Agar zerikarli ishlar bilan shug‘ullansangiz, o‘zingizga qiziqarli yumush toping, do‘stlaringiz bilan bo‘lgan esda qolgan voqealarni yodga oling. Kayfiyatingizni ko‘taradigan mevalarni istimol qiling.

6) Suzishni kanda qilmang. Agar suzishni bilmasangiz o‘rganing. Suzish bu tanani to‘liq dam olishiga yordam beradi va turli yoqimsiz kasalliklarga qarshi kurashish uchun himoya qobiq yaratadi.

7) To‘xtang, biroz atrofga nazar soling. Ba’zida odamlar tuzoqqa tushib qolishadi, chunki o‘ylab ko‘rish uchun vaqt ajratmaydi, to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayaptimi-yo‘qmi. Siz xonangizni muntazam ravishda tozalab turganingizdek, fikrlaringizni, maqsadlaringizni, aloqalaringizni muntazam ravishda tartibga solib turishingiz kerak.

8) Hayotga oddiy ko‘z bilan qarang. Hayotda har doim qahramonlik uchun joy bor, lekin bu doim ham zarur emas. Siz hozirgi paytda qilayotgan ishlaringizga e’tibor qarating. Bu ko‘pincha muvaffaqiyatga yordam beradi. Hatto kichik muvaffaqiyatlar va kichik yutuqlar bilan quvoning.

9) Istiqbolli tuyg‘ularingizni saqlang. Hayot - bu harakat va hozirgi fojiaga o‘xshash narsa, ehtimol ertaga tabassum keltiradi. Bekorga aytishmaydi - "Kechqurundan tong donoroq".

10) Agar siz yotoqxonada yotishni xohlasangiz, unda bu istakni davom ettirmaslik yaxshiroqdir, bu odatda tushkunlik odatiga aylanadi. Harakatda bo‘ling va his-tuyg‘ularingiz ham yanada uyg‘unlashadi. Film tomosha qiling, tozalash ishlarini amalga oshiring ... Bu ruhiy tushkunlikni oldini olishning eng samarali usuli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kayfiyatimizni ko‘tarish uchun 10 maslahat