12:01 / 22.09.2017
11 724

«Erim bir ayolga ilakishib qoldi-yu, …»

«Erim bir ayolga ilakishib qoldi-yu, …»
-Erim bir ayolga ilakishib qoldi-yu, hayotim ostin-ustin bo‘lib ketdi. Men quda-anda ko‘raman degan paytda bunday noma’qulchilikdan adoyi tamom bo‘ldim. Iztiroblarim ham, yig‘i-sig‘ilar ham uning toshdek qotgan ko‘nglini yumshata olgani yo‘q. Kechalari bilan yig‘lab chiqaman. O‘zimni o‘ldiray desam, ikki bolamning taqdiri nima bo‘ladi, degan xayol tinchlik bermaydi. Lekin nima qilay, bu haqoratga chiday olmayapman.

Ayolning kuygan ko‘ngliga tasalli berish, uni yupatish uchun biror bir so‘z aytmoq juda og‘ir. Ayniqsa, ayol uchun bundan-da ortiq xo‘rlik, alam va tashvish yo‘q bo‘lsa kerak. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, shunday bo‘lishiga ayolning ham o‘zi sababchi emasmikin, degan fikr xayoldan o‘tdi.
Bu oilani yaqindan biladigan mahalla maslahatchisini tasodifan uchratib qoldim. U bu ishda ko‘proq ayolning o‘ziga ayb qo‘ydi.

“Qaysidir kuni shu xonadon yonidan o‘tib ketayotib baqir-chaqir bo‘layotganini eshitib qoldim. Kirsam ayolning ust-boshi bir ahvol. Uylar ham besar bo‘lib turibdi. Ayolning sochlari to‘zg‘igan, pardoz-andozi ham yo‘q. O‘choq boshlari, tandirxona atroflari o‘tin, xas-xashak bo‘lib yotibdi. Albatta, ayol uy tutishni bilmaganidan keyin, saranjom-sarishtalikni o‘rniga qo‘ya olmaganidan keyin erkakning jahli chiqadi-da. Ertadan to kechgacha mashina minib, odamlarning uzog‘ini yaqin qiladi. Dovon oshib, yo‘lovchilarni manziliga yetkazishga harakat qiladi. Ro‘zg‘origa yo‘qni yo‘ndirib topib-tupib kelsa-yu, ayolining ahvoli o‘sha bo‘lsa.

Bunday tartibsizlikni har qanday kishi ham ko‘tara olmaydi. Urishdi, urdi, yaxshi gapirdi, bo‘lmadi. Oxiri uyidan topmagan mehrni ko‘chadan topishga majbur bo‘ldi. Eridan ajrashgan bir ayol bilan tanishib qolibdi. U ayol shirin so‘zlarkan, ochiq chehralik bilan kutib olarkan. Ozodaligi, saranjom sarishtaligi bilan erkakning qalbidan joy olibdi. Bu oiladagi mojarolarga ko‘p bora aralashdim. Yigit o‘z ayolidan topmagan e’tiborni boshqa birovdan topganini yashirib o‘tirmadi. Farzandlari uchungina xotini bilan yashayotganini aytdi”.

Maslahatchi opaning so‘zlaridan keyin o‘ylanib qoldim. Inson boshiga tushadigan barcha ko‘rgiliklarga o‘zi ham sababchi emasmikin?

Manba: ibrat.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Erim bir ayolga ilakishib qoldi-yu, …»