Amerikalik psixologlarning aniqlashicha, uyquning yo‘qolishi tushkunlik bilan kurashda yordam beradi. Maqola The Journal of Clinical Psychiatry nashrida e’lon qilindi, deb yozadi Kun nashri.
Olimlar 66 ta mustaqil tadqiqotni statistik tahlildan o‘tkazishib, uning davomida uyqusizlikning tushkunlikka ta’siri o‘rganildi. Tegishli ilmiy izlanishlar PubMed va PsycINFO ma’lumotlar bazasida “uyquning yo‘qolishi” va “tushkunlik” muhim so‘zlari yordamida qidirildi. Tadqiqot, agarda mualliflar uyquning yo‘qolishini tushkunlik holatining ehtimoliy terapiyasi sifatida amaliyotda qo‘llashgan bo‘lsa, tahlil to‘plamiga kiritildi.
Ma’lum bo‘lishicha, uyquning butunlay yoki qisman buzilishi tushkunlik holati asoratlarini yengillashtirgan, bu, psixologlarning fikricha, shunday “terapiya” samarali ekanini tasdiqlaydi.
Avvalroq amerikalik tibbiyotchilar tizimli ravishda uyquga to‘ymaslik qandli diabet va yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarda insult tufayli hayotdan ko‘z yumish ehtimolini oshirishini aniqlashgandi. Mutaxassislar bunday bemorlarga bir sutkada kamida olti soat uxlashni tavsiya qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi