22:42 / 23.09.2017
9 312

Munajjimlar bashorati: 24 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 24 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun sizga yetib keladigan har qanday turdagi axborotlarni tahlil qilishni unutmang. Ayniqsa, ishingiz bilan bog‘liq bo‘lsa, tahlilsiz ko‘r-ko‘rona ishonib ketishdan tiyiling. Basharti miyangizda ishingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalar tug‘ilsa, dushanbaga qadar yaxshilab pishitishingiz va rahbarlar bilan bamaslahat yo‘l tutishingiz tavsiya etiladi. Ayollar, qiz-juvonlar bugun dam olish kunidan foydalanib tashqi ko‘rinishlariga e’tibor berib qo‘yishsa, foydadan xoli bo‘lmasdi. Kechqurun yaqinlaringiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

24 sentyabrda yaxshi niyatlaringiz ketma-ket haqiqatga aylana boshlashi kuzatiladi. Atrofdagilar bilan bo‘lar-bo‘lmasga janjallashib qolishdan o‘zingizni ehtiyot qiling. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun dam olish kuni ekaniga qaramay, xorijga safar qilishingiz va hamkorlar bilan ma’lum kelishuvlarga erishishingiz kutiladi. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Agar bugun tashkilotchilik qobiliyatingizni to‘laligicha namoyish eta bilsangiz, yulduzlar omad faqat siz tomonda bo‘lishini bashorat qilishgan. Oiladagi majburiyatlaringizni ham qaytadan ko‘rib chiqsangiz, yomon bo‘lmaydi. Oila qurmaganlarning ba’zilari kunning ikkinchi yarmida bo‘lg‘usi taqdirdoshini uchratishlari kutilmoqda. Salomatligingizni nazoratda ushlang. Kechqurun sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

24 sentyabr kuni muammolar oshib-toshishi kutiladi. Ammo astoydil xohlasangiz, ularning barchasini ijobiy hal eta olasiz. Buning uchun yana hayotga real nazar bilan boqish lozim. Qanday ishni bajarishingizdan qat’i nazar sherikchilikka asoslangan holda harakatlar sodir eting. Moliyaviy masalada bugun u qadar omadingiz chopmaydi. Shuning uchun tejamkorroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Salomatligingiz pand bermaydi, xavotir olishga asos yo‘q.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugungi kuningiz tashvish va muammolarga mo‘l bo‘lishi kutilmoqda. Kun davomida ko‘cha kezib ishingiz bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish harakatida bo‘lasiz. Ovqatlanish, harakatlanish me’yorlariga amal qiling. Kechqurunga borib surunkali xastalikka yo‘liqqanlar o‘zlarini lohas his eta boshlashlari mumkin. Shuning uchun oldindan harakatingizni qilib, zarur dorilarni hozirlab qo‘ying.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

24 sentyabr kuni taqdirning sizga in’om etajak barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanishga harakat qiling. Oila qurmaganlar kunning birinchi yarmida bo‘lg‘usi taqdirdoshini uchratishi kutiladi. Bugun sport bilan shug‘ullanish, foydali shartnomalarga imzo qo‘yish, olisga samolyotda parvoz qilish sizga muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Surunkali xastalikka duchor bo‘lganlar kun bo‘yi salomatliklarini nazorat qilishlari tavsiya etiladi. Kechqurun xonadoningizga kutilgan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun o‘zingizni o‘zingiz nazoratda ushlab, har bir harakatingizni qolipga solishingiz talab etiladi. Aks holda biror jiddiy xatolikka yo‘l qo‘yishingiz hech gap emas. Hali yangi ishlar boshlashning fursati yetmadi. Shuning uchun eskilari bilan ovunib turishingizga to‘g‘ri keladi. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun kechqurun sizni romantik uchrashuv kutadi. Erkaklarimiz guldasta xarid qilishni unutmasalar bo‘ldi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

24 sentyabr kunning birinchi yarmida huquq bilan bog‘liq hamda notarial ishlarni hal etishingizga to‘g‘ri keladi. Soliqlardan qarzingiz bo‘lsa, bugun to‘lab qo‘yishingiz zarur. Kun davomida yolg‘iz qolmaslikka, odamlar qatorida bo‘lishingiz maqsadga muvofiq. Emotsiyangiz me’yorda emas. Bu sizni depressiya holatlariga kiritishi mumkin. Uxlashga har kungidan ertaroq yoting. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz totli kechishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlar bugun asosiy e’tiborni xarajatlarni kamaytirishga qaratishingizni maslahat berishadi. Yo‘qsa, keyin o‘zingiz afsus chekasiz. Murakkab texnik ishlarning yaqiniga ham bormang, ko‘p ovqat iste’mol qilib organizmni zo‘riqtirmang, sportzalga bormang. Bularning barchasi sizning ziyoningizga ishlaydi. Shu uch mashg‘ulot tufayli jiddiy jarohat olishingiz ham hech gap emas. Kechqurun ochiq havoda sayr qilib vaqt o‘tkazing.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

24 sentyabrda sizga serdaromad ish taklif etishlari kutiladi. Agar bu taklif do‘stlaringizdan biri tarafidan kelib tushsa, albatta rozi bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi. Juftingiz bilan suhbatda bosiqroq bo‘ling. Jahldorlikdan uzoqroq bo‘ling. Ovqatlanish me’yorlariga rioya qiling. Kechqurun sizga olisdagi tanishingiz ajoyib bir xabar yetkazishi mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz ajoyib kechishi kutilmoqda. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, siz uchun mashg‘ulotlar topiladi. Ammo ularning barchasi ham ruhiy, ham moddiy huzur baxsh etmoqchi. Kayfiyatingiz, salomatligingiz ajoyib tarzda bo‘lishi uchun kuch va imkoniyatlaringizni ayamang. Ayniqsa, shaxsiy hayotingizga qo‘shimcha mazmun kiritishda kuch va imkoniyatlar juda asqotadi. Juftingizga qayta-qayta muhabbatingizni izhor qiling. Barchasi yaxshilik uchun xizmat qiladi, ishoning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

24 sentyabr kuni oilada yolg‘iz o‘zingiz ham pul, ham ro‘zg‘or muammolarini bartaraf etasiz. Do‘stlar, oila a’zolaringiz yordamidan voz kechasiz. Bu faqat yaxshilikka. Chunki kimdandir yordam so‘rasangiz-u, rad javobini bersa ko‘nglingiz og‘riydi. Kechqurun iloj topsangiz, yaqinlaringizni olib ko‘cha sayriga otlaning. Toza havo kuchingizga kuch, shodligingizga shodlik qo‘shadi. Sog‘lig‘ingiz bugun pand bermaydi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..