14:18 / 24.09.2017
7 574

Millionerlar qaysi moliyaviy xatolarga yo‘l qo‘ymaydi?

Shunday qilib, siz millioner bo‘lishni istaysiz. Buni barchamiz ham istaymiz. Ma’lum bo‘lishicha, millionerlarning pulga nisbatan asosiy prinsiplari juda oddiy. Ba’zilari esa zerikarli. Biroq ular ish beradi. InsiderPro millionerlar yo‘l qo‘ymaydigan xatoliklarni e’tiboringizga havola etadi.

1. Ular moliyaviy qarorlar qabul qila turib hissiyotlarga berilmaydi

Bu millionerlar his-tuyg‘ulardan mahrum ekanligini anglatmaydi — shunchaki ular hissiyotlari hamyonigacha kirib borishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qanday qilib? O‘z xarajatlarini puxta rejalashtirish va avtomatlashtirish hisobidan.
Millionerlar qaysi moliyaviy xatolarga yo‘l qo‘ymaydi?
To‘g‘ri, bu juda zerikarli tuyuladi. Ular moliyaviy rejani ishlab chiqish uchun vaqt ajratadi va unga muvofiq birinchi navbatda o‘ziga to‘laydi. Shundan so‘ng qolgan pullarni avtomatik ravishda omonatlar, investitsiya va hisoblar bo‘yicha to‘lovlar uchun taqsimlaydi. Bu ularni aynan bir xil hisob-kitoblar uchun vaqt sarflashdan xalos etadi.

Millionerlar ularning vaqti va kuchi cheksiz emasligini yaxshi biladi, axir yana qancha narsaga ulgurish kerak.

2. Ular o‘zini badavlat odam deb hisoblamaydi

Millionerlarning aksariyati o‘zlarini har qanday injiqlik qilish mumkin bo‘lgan afsonaviy badavlat inson deb hisoblamaydi. Ular tez-tez murosaga boradi va ko‘p narsada tejamkorlik qiladi. Ularning oxirgi modeldagi avtomobil yoki qimmatbaho vino xarid qila olishga qodirligi buni amalga oshirishi kerakligini anglatmaydi.

Ular birinchi navbatda muhim bo‘lgan narsalarni aniq belgilab oladi: muhim narsalarga pul sarflaydi, mayda-chuyda narsalardan esa iqtisod qiladi.

3. Ular narxlarga qarab, qadriyatlar haqida unutib qo‘ymaydi

Millionerlar mahsulotlarning faqat narxiga e’tibor qaratmaydi — buning o‘rniga uning haqiqiy bahosini tushunishga harakat qiladi. Ularning istiqboliga ahamiyat qaratadi.

Ular ta’mirlash uchun bir necha karra ko‘proq pul sarflamaslik uchun biryo‘la sifatiga sarf-xarajat qilishni ma’qul ko‘radi. Qaysi holatlarda narxlar oshirilgan, qay holatlarda tushirilganligini aniqlay oladi va xaridlarni shunga mos ravishda amalga oshiradi.

Millionerlar ham xuddi oddiy odamlar kabi yaxshiroq va arzonroq narsalarni izlaydi.

4. Millionerlar maosh boylik sari yagona yo‘l deb o‘ylamaydi

Boylik to‘plash uchun faqat maoshning o‘zi yetarli emas.

Millionerlar daromadning bir nechta manbalarini shakllantiradi. Ular to‘liq kun ishlashni talab qiladigan yagona ish bilan millionlar qaysidir yo‘l bilan paydo bo‘ladi degan xom xayolga berilmaydi.

Diversifikatsiya hamma narsani hal qiladi — bu aktiv va passiv daromad qilish usullariga ham taalluqli.

Ular erishganlarida to‘xtab qolmasdan, imkoniyatlar qidirishda davom etadi — axir maosh butunning bir qismi.

5. Ular maqsadlar qo‘yishdan cho‘chimaydi

Maqsad qo‘yish ulkan natijalarga olib keladi. Imkonsizdek tuyulgan biror narsa haqida orzu qilsangiz, ushbu orzuingizni maqsadga aylantiring.

Fikrlaringizni aniq ifodalang va ularni yozib qo‘ying. Maqsadingiz juda uzoqdek tuyulishi mumkin, biroq uni bosqichlarga bo‘lib chiqsangiz, boshqacha aytganda reja tuzish bilan unga yaqinlashib borasiz.

Reja tuzish — istak va maqsad o‘rtasidagi asosiy farq shunda.

6. Ular faqat muddatlarga urg‘u bermaydi

Millionerlar barcha ish muddatlarga emas, vaqtning o‘ziga bog‘liq ekanligini yaxshi biladi.

Ular gap investitsiya kiritish haqida borganda butun e’tiborni taymingga qaratish kuchni behuda sarflash ekanligini tushunadi. Shuning uchun bozor ko‘tarilish va pasayishlarini boshdan kechirish imkonini beruvchi uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqadi.

Millionerlar vaqt ular tomonda bo‘lishi lozimligini biladi — shuning uchun investitsiya kiritishni imkon boricha ertaroq boshlaydi. Eslatib o‘tamiz: bu yerda zerikarli g‘oyalar g‘olib bo‘ladi.

7. Ular pul topishni safdan chiqish o‘yini deb hisoblamaydi

Siz ko‘p daromad qilayotganingiz boshqalar shubhasiz kamroq topishini anglatmaydi.

Millionerlar odatda o‘ziga xos aql tuzilishiga ega, uni shartli ravishda «badavlat odam psixologiyasi» deb atash mumkin. Ular sabab-oqibat bog‘lanishini ko‘radi: iste’molchilar muammosi qanchalik samarali hal etilsa, shuncha ko‘p pul topish mumkin. Va aksincha: o‘z biznesida qanchalik ko‘p pul shakllansa, shuncha ko‘p odamga yordam berish kerak.

Mashhur tadbirkorlar hayotiga nazar soling: ular o‘z millionlarini qanday ishlab topgan? Odamlarga ular muhtoj bo‘lgan narsalarni taklif qilgan.

Masalaning mohiyati pirogdan katta bo‘lak kesib olish emas, pirogning o‘zini kattaroq qilishda.

8. Ular faqat iqtisod qilish haqida o‘ylamaydi

Millionerlar tejamkor bo‘lishi mumkin, biroq ular yetakchilar safiga qo‘shilish faqat xarajatlarni qisqartirish emas, ko‘proq pul topishni anglatishini tushunadi.

Gap badavlat odam va kambag‘alning psixologiyasi o‘rtasidagi farqda — millionerga ko‘proq pul kerak bo‘lsa, u nimadan tejash mumkinligi haqida bosh qotirishning o‘rniga ko‘proq pul ishlab topish usullarini qidiradi.

9. Ular muammolarga ko‘z yummaydi

Shaxsiy pullarga kelsak, millionerlar ularni qanday topish va qanday sarflashni biladi.

Ular pullari bilan nima yuz berayotganligi — yaxshi va yomon jihatlarini ham aniq biladi, chunki muammolarni faqat ularning mavjudligini bilgandan keyingina hal qilish mumkin.

10. Ular hamma gap omadda ekanligiga ishonmaydi

O‘z millionlarini lotereyada yutib olmaganlar daromad va jamg‘armalar omadga bog‘liq emasligini biladi.

Biror bir muvaffaqiyatli biznesmenga qarab, «Uning shunchaki omadi chopgan… Men hech qachon bunday qila olmayman!» deb o‘ylash o‘rniga, «U bunga qanday erishdi? Men buning uchun nima qila olaman?» tarzida fikrlaydi. Millionerlar qiziquvchan odamlar bo‘lib, barchasini shaxsiy tajribasida ro‘yobga chiqarish uchun jarayonlarning mohiyatiga yetib borishni istaydi.

Millionerlar ularning davlati tasodifiy emasligini aniq biladi. Ularning moliyaviy muvaffaqiyati sobitqadamlik, odatlar va to‘g‘ri qaror qabul qilish mahorati asosida barpo etilgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Millionerlar qaysi moliyaviy xatolarga yo‘l qo‘ymaydi?