22:17 / 29.09.2017
6 339

Sochlarni oziqlantiruvchi niqob

Sochlarni oziqlantiruvchi niqob
Sochlaringiz sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun vaqti-vaqti bilan oziqlantiruvchi niqoblarga murojaat etib tursangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Ana shunday niqoblardan biri 2 dona tuxum va 1 osh qoshiq zaytun yog‘i aralashmasidan tayyorlanadi. Mazkur aralashmani soch ildizidan boshlab uchiga qarata bir tekisda surting va sellofan paket bilan 20 daqiqaga o‘rang. So‘ng iliq suvda sochni chayib, tabiiy holicha qurishiga qoldirishingiz lozim.

Manba: «Sug‘diyona» gazetasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlarni oziqlantiruvchi niqob