11:33 / 02.10.2017
9 606

“Oka, bi-ir kulishmaymizmi-a?..”

“Oka, bi-ir kulishmaymizmi-a?..”
Ayollarga foydali maslahat:
— Hurmatli ayollar, savolni «Nega mening erim eshak ekan-a?», deb emas, «Nega anavi eshak mening erim ekan-a?» deb berish lozim!
* * *
Vrach bemor ayolga dedi:
— Toza havoda ko‘proq yuring, issiq kiyinishni unutmang!

Ayol uyiga kelib eriga dedi:
— Do‘xtir menga dengizda dam olishni va faqat norkali shubada ko‘chaga chiqishni maslahat berdi.
* * *
20 yoshli yigit serqatnov yo‘ldan 80 yoshli kampirni yetaklab narigi tomonga o‘tkazib qo‘ydi. Xursand bo‘lib ketgan kampir so‘radi:
— Ajoyib yigit ekansan! Umring uzoq bo‘lsin! Aytgancha, uylanganmisan?
— Yo‘q.
— Uylanma, hozirgi qizlar yaramas bo‘lib ketishgan!
* * *
Qiz yigitga dedi:
— Keling, bugun tunda boshimizdan o‘tgan hamma ishlarni unutamiz!
— O‘v, sen tunda shunaqangi xurrak otdingki, umrimning oxirigachayam unuta olmasam kerak!
* * *
— O‘t o‘chiruvchilar jamoasining jasur askari yonayotgan bank ichkarisidan hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, bir million dollar pul joylangan qopni tashqariga olib chiqdi. Hozir o‘sha jasur askar qayerdaligini xudoning o‘zi biladi. (gazetadagi e’londan)
* * *
Xotin eriga tanbeh beryapti:
— Jonimga tegib ketdi hammasi! Qachon qarasa, ovqat yeganingiz yegan. Nuqul ovqat, ovqat! Shundan boshqa narsa haqidayam o‘ylaysizmi o‘zi?

Er bir lahza o‘ylanib turdi-da, bor ovozda qichqirdi:
— Yaxshiyam esimga solding! Nos olishni unutibman-ku-u-u!!!
* * *
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng bemor vrachdan so‘radi:
— Xo‘sh, do‘xtir, men yasharmikanman?
— Yasharkansiz. Ammo shaxsan men maslahat bermasdim.
* * *
Kampir bozorda olma sotyapti.
— Kep qoling, hozirgina Chernobildan olib kelingan olmalarga kep qoling!

O‘tkinchi erkak dedi:
— Momo, Chernobildan kelgan desangiz, olmangizni hech kim olmaydi.

— Oladi.
— Kim oladi?
— Kimdir boshlig‘iga, kimdir qaynonasiga… Ishqilib, xaridori ko‘p bu olmalarning!
* * *
Vrach 90 yashar kampirni tekshiruvdan o‘tkazib bo‘lgach, so‘radi:
— Onaxon, sizni obdon tekshirdim. Salomatligingiz juda yaxshi ekan.
— Adashyapsan, bolam. Men kasalman.

— Xo‘p, nimadan shikoyatingiz bor?
— Nafasim siqadi.

— Qachon nafasingiz siqadi?
— Men kelguncha yurib ketib qolgan avtobus ortidan yugurganimda.

Olimjon HAYIT tayyorladi


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Oka, bi-ir kulishmaymizmi-a?..”