21:08 / 15.10.2017
11 187

Munajjimlar bashorati: 16 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 16 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishingiz yo shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muhim bir masalani hal etishingiz lozim. Shuning uchun sizga ozgina tavakkalchilik ziyon qilmaydi. Asosiysi, qalbingizga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Atrofdagilarning maslahatiga quloq tutmang. Juftingizni huda-behuda rashk qilaverishdan tiyilsangiz, birgalikdagi hayotingiz yanada go‘zallashib boraveradi. Kechqurun kimlargadir berish lozim bo‘lgan qarzingizni qaytarasiz. Bundan tashqari internet orqali qo‘shimcha daromadli ish topishingiz ham ehtimoldan xoli emas.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Nimaiki ishga qo‘l urmang, 16 oktyabr kuni o‘zingiz uchun foyda olishga harakat qiling. Shunda arzimagan mayda-chuyda ishlar ham sizga mo‘maygina daromad keltirishi tayin. Nikohdan o‘tish, foydali shartnomalarni imzolash va moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun 16 oktyabr juda qo‘l keladi. Juftingizga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiring. Salomatligingizni saqlang, kechqurun toza havo sayrini unutmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
16 oktyabr kunning birinchi yarmida ilgari chala qolgan ishlarni bitirib olishingizga to‘g‘ri keladi. Professional kasbingiz doirasida bugungi kun yangi qirralar, taraqqiyot uchun qulay imkoniyatlar hadya etadi inshoolloh. Sira bo‘shashmang, kechga qadar ter to‘king, ana shunda ko‘zlangan daromadga ham ega bo‘lishingiz oson kechadi. Kechqurun yolg‘iz qolib, asablaringizni joyiga keltiring.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Nimalarga qodirligingizni hamkasblarga isbotlash vaqti yetdi. O‘zingizga ishongan holda harakatlar sodir etavering. Ko‘zlangan maqsadga yetishingizda sizga hech qanday to‘siq ko‘ndalang bo‘la olmaydi. Tijoratchi bo‘lsangiz, raqobatchilarning sizni sindirish yo‘lida chiranishlariga e’tibor bermang. Aksincha o‘rtadagi nifoqlarni me’yorlashtirishga urinib ko‘ring. Kechqurun gripp yuqtirishdan saqlaning.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
16 oktyabr kuni xususiy mulk va meros kabilar bilan shug‘ullanishingiz kutiladi. Bu masaladagi barcha mas’uliyat yuki sizning gardaningizda bo‘ladi. Kun davomida qo‘shimcha daromad beradigan ish taklif etishlari yoki juda kichik foizda bankdan kredit olishingiz mumkin. Do‘stlaringiz qaysidir yumushda yordam qo‘lini cho‘zishga oshiqsa, rad eta ko‘rmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Buguncha amalga oshiradigan ishlaringizning natijasi bilan oldindan qiziqmang. Buning o‘rniga ishlayvering, astoydil ter to‘king. Natijasini albatta ko‘rasiz. O‘ta muhim shartlashuvlar, bitimlar va olis safar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Xato qilishni xayolingizgayam keltirmang. Bugun yo‘l qo‘ygan xatoingiz uzoq muddat sizga ko‘ngilsizliklar hadya etishi mumkin. Kechqurun salomatligingizni tiklash bilan shug‘ullaning.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
16 oktyabrda nafaqat ish joyingizda, balki xayolot olamingizda ham qat’iy tartib o‘rnatmasangiz, omadga erisha olmaydigandek bo‘lib turibsiz. O‘zingizga, kelajakka bo‘lgan ishonch hissini kuchaytiring. Shubha, ikkilanishlarga o‘rin bermang. Pul bilan bog‘liq har qanday ishda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun sizga kimdir bir dasta pul olib kelishi kutiladi. Pullarni tejab ishlatsangiz, kam bo‘lmaysiz.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Agar bugun qandaydir ko‘ngilsizlikka duchor bo‘lishni istamasangiz, nihoyatda ehtiyotkor bo‘ling. Kuningiz juda og‘ir, jarohatlarga boy bo‘lish xavfi bor. Shuning uchun sportning o‘ta faol turlari bilan shug‘ullanmang, hayotingizga jiddiy xavf solishi mumkin bo‘lgan harakatlarni sodir etmang. Oila a’zolaringiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Kechki payt moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi. Yoqimli xaridlarni amalga oshirasiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
16 oktyabr kuni asosiy vaqtingizni faollikda kechirishingiz kutiladi. Ertalabdanoq moliyaviy masalada yutuqlarga erishishni niyat qilgandingiz, ammo ora-sirada boshqa yumushlarni ham bajarib qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Juftingiz bilan orangizda ishlaringiz ko‘pligi sababli kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Agar hammasini bosiqlik bilan tushuntirsangiz, kelishmovchiliklar albatta barham topadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ishxonadagi, uydagi muammolarni ijobiy hal etish uchun go‘yo arslon qiyofasiga kirishingiz lozim. Busiz ishlarning baroridan kelishi qiyin kechadi. Hamkasblar bilan ham yo‘l-yo‘lakay munosabatlarni yanada mustahkamlashga harakat qiling. Shaxsiy hayotda juftingiz sizdan negadir shubhalana boshlashi mumkin. Bu shubhalarni yo‘qqa chiqarib, romantikaga aylantirish sizning qo‘lingizda.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
16 oktyabr kuni birinchi qiladigan ishingiz rahbarlar bilan orangizdagi munosabatlarni mustahkamlashdan iborat bo‘lishi lozim. Chunki oldinda mavqeingizni oshirish vazifasi turibdi. Bu ishni faqat rahbarlaringizgina amalga oshiradi. Oilasizlardan kimdir kechqurun romantik uchrashuvga otlanadi. Bu uchrashuv bir umr yodda qolishi uchun tanlaganingizga ajoyib sovg‘a hozirlang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun zinhor rejalaringiz, ichki sirlaringizni birovlarga dasturxon qilmang. Birinchidan, ko‘z tegadi, ikkinchidan, bu bilan o‘zingizni balo girdobiga tashlagan bo‘lasiz. Ishxonangizda muammo yo‘q. Kechqurunga borib bajargan ishlaringizning mukofotini olasiz inshoolloh. Kunning ikkinchi yarmida uydagilaringiz bilan vaqt o‘tkazishga harakat qiling. Ularning ko‘ngliga qarang. Uxlashga yotishdan oldin albatta toza havoda sayr qiling, sut yoki qatiq ichib yoting. Tushlaringiz totli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 16 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?