01:46 / 17.10.2017
8 101

Imkoniyati cheklangan daholar: Ularning nuqsonlari buyuklik yo’lini to’sa olmadi

Imkoniyati cheklangan daholar: Ularning nuqsonlari buyuklik yo’lini to’sa olmadi
Har bir insonda o‘z kuchiga nisbatan ikkilanish hissi mavjud bo‘ladi va buni inkor etishga aslo hojat yo‘q. Biroq, imkoniyati cheklangan ayrim insonlarning hayotdan sog‘lom insonlarga ko‘ra ming barobar ko‘proq lazzatlanib yashayotganlarini ko‘rganda yurakdan mudroq sado otilib chiqadi: “Tabiat naqadar buyuk, u hatto inson imkoniyatlarini cheklab turib ham yashashi uchun mazmun yaratib bera oladi!”

1. Lina Po – Polina Mixaylovna Gorenshteyn taxallusi. Lina Po 1918 yildan balerina va raqqosa sifatida sahnaga chiqa boshlagan. 1934 yili esa ensefalit bilan og‘rib, falajlik domiga tushgan va ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan.

Ushbu ko‘rgulikdan keyin Lina Po haykaltaroshlik bilan shug‘ullanishga kirishdi. Asta-sekin raqqosaning ijod namunalari san’at muzeylarida paydo bo‘la boshladi. Bugungi kunda Lina Poning ishlarini mamlakatning ko‘plab muzeylarida uchratish mumkin.

2. Franklin Delano Ruzvelt – Amerika Qo‘shma Shtatlarining 32-prezidenti. Ruzvelt poliomiyelitdan aziyat chekar edi. Ko‘p yillar davomida kasallikka qarshi kurash olib borganiga qaramay Ruzvelt falaj holatda nogironlar aravachasiga mixlanib qoldi. U o‘z jismoniy holatiga e’tibor qaratmadi va mamlakat tarixidagi eng ko‘zga ko‘ringan siyosatchilarning biri sifatida tarixda nom qoldirdi.

3. Lyudvig van Bexoven tinit – ichki quloq yallig‘lanishiga duchor bo‘lgandan keyin asta-sekin eshitish qobiliyatidan ayrildi. Vaqti kelib, u mutlaqo eshitmay qoldi, ammo uning eng mashhur musiqiy asarlari aynan mana shu yillar davomida yaratildi.

4. Erik Vayxenmayer Everestni zabt etgan ilk ko‘r sportchi bo‘lib, u 13 yoshida ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan. Ammo bu holat irodali yigitni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Erik ta’limni a’lo baholarga bitirdi, keyinchalik o‘rta maktabda o‘qituvchilik qildi, kurash bilan shug‘ullandi va dunyo miqyosidagi sportchiga aylandi. Erik Everestdan tashqari dunyoning eng baland 7 cho‘qqisi (Kilimanjaro, Elbrus kabi) ni ham zabt etgan.

5. Dunyoga Don Kixotday qahramonni taqdim etgan ispan yozuvchisi Migel Servantes harbiy hizmat paytida o‘q bilan yaralanib, chap qo‘lidan ayrilgan. Keyinchalik esa uning o‘zi bu haqida shunday yozgan edi: “Yaratgan meni chap qo‘limdan ayirib, o‘ng qo‘lim bilan yanada ko‘proq va kuchliroq mehnat qilishga undadi!”

6. Fransuz aktrisasi Sara Bernar teatrda ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan. 1914 yilda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli oyog‘i kesib tashlangan, biroq aktrisa aravacha bilan birga sahnaga chiqib, o‘z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etishda davom etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Imkoniyati cheklangan daholar: Ularning nuqsonlari buyuklik yo’lini to’sa olmadi