09:32 / 18.10.2017
9 618

Oka, bi-ir kulishmaymizmi?..

Oka, bi-ir kulishmaymizmi?..
Korxona direktori o‘ziga yangi kotiba qidirayotgandi. Xotini esa o‘taketgan rashkchi edi. U eriga dedi:
— Yosh, kelishgan, go‘zal qizni kotibalikka olmaysiz. Yoshi o‘tgan, oilali, semirib ketgan ayolni olasiz!
— Bo‘ldi, gap yo‘q. Dushanbadan kotiba vazifasida ish boshlashing mumkin.
* * *
— Xotinjon, asalim, yaxshi yotib turdingmi? Shirin tushlar ko‘rdingmi? Nima yeysan nonushtaga? Tuxum qovurib qo‘yaymi?
— Vay-vay-vay, ha-a!?. Namuncha bugun ertalabdan menga mehribon bo‘lib qoldingiz? Yana xiyonat qildingizmi-a?
— Bor-e, itga o‘xshamay o‘l yaramas!
— Mana bu boshqa gap.
* * *
Boyvachcha shahardagi universitetga o‘qishga kirishga ketgan o‘g‘liga SMS jo‘natdi:
— Qanday o‘tdi imtihon?
O‘g‘li javob berdi:
— Dada, imtihon super o‘tdi! Professorning hayratdan og‘zi lang ochilib qoldi. Qishda yana qaytadan imtihon topshirishimni iltimos qilyapti.
* * *
Xotin eriga qo‘ng‘iroq qilib so‘radi:
— Allo! Bandmasmisiz?
— Yo‘q, unchalikmas.
— Gapira olasizmi?
— Albatta.
— Unda eshiting…
* * *
Yangi kvartira sotib olayotgan erkak uy egasidan so‘radi:
— Bu kvartiraga tashqaridagi ovozlar kirib bezor qilmaydimi?
— Yo‘q.
— Kvartiradagi shovqin-chi? Tashqariga eshitilish-eshitilmaslik darajasi qanday?
— Darajasini bilmadim-u, ammo kvartiraning mendan oldingi egasini ichkarida bezorilar otib tashlashgan ekan, ammo hech kim eshitmabdi.
* * *
To‘rt yoshli bolakay onasidan so‘radi:
— Oyi, dadamning ham ota-onasi bormi?
— Albatta bor. Esingdan chiqdimi? Yaqinda bordik-ku ularnikiga!
— Ha-a… Iye, unda nega ular dadamni bizlarga berib yuborishgan?
* * *
Muallim o‘quvchilarga dedi:
— Endi men sizlarga Pifagor teoremasini isbotlab beraman.
Shunda orqa partadan kimdir luqma tashladi:
— Shartmas, ustoz, biz sizga shundog‘am ishonamiz!
* * *
Armandan so‘rashdi:
— «Bilish» va «Sezish» so‘zlarining qay biri kuchliroq?
— «Sezish» kuchliroq.
— Nega?
— Tasavvur qil, men Akop amakiga besh ming so‘m qarzman. Buni bilaman. Ammo sezib turamanki, men o‘sha qarzni hayotda qaytarmayman.
* * *
Yigit qo‘shni qizdan so‘radi:
— Menga qara, agar hozir senga sevgi izhor qilsam, nima qilarding?
— Xafa bo‘lardim.
— Qattiq xafa bo‘lardingmi?
— Yo‘q.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oka, bi-ir kulishmaymizmi?..